Xabarni manbadan xabar iste’molchiga yetkazib berish uchun foydalaniladigan texnik qurilmalar to‘plami aloqa tizimi deb ataladi (1.6-rasm). Aloqa tizimi: xabar manbai (XM), xabarni elektr signalga aylantirish qurilmasi (XSAQ), signal uzatish qurilmasi (SUQ), aloqa liniyasi (AL), signal qabullash qurilmasi (SQQ), elektr signalni xabarga aylantirish qurilmasi (SXAQ) va xabar iste’molchi (XI) dan iborat. Aloqa kanali deb xabar manbasi va iste'molchi o‘rtasidagi xohlagan ikkita nuqta orasidagi texnik qurilmalar to‘plamiga aytiladi. Aloqa kanallari ularning kirishi va chiqishidagi signal turiga qarab, uzliksiz va diskret aloqa kanaliga bo‘linadi.