yordamchi mikrosxemalar (chipset) to`plamiga bog`liqdir. TP uchun еng mashxur mikrosxemalar to`plamini quyidagi firmalar chiqaradi: Intel (xususan, Pentium MMX MP uchun 430 FX-Triton2 va Pentium II MP uchun 440 LX AGP ommaviy to`plamlari), Headland Technology,Chips & Technology, VLSI, UMC, OPTi, PC Chips, ALI, Sis, Sumphony va boshq.
Tizimli plata tizimli shinani kengaytirish uchun va xotira modullarini o`rnatish uchun ko�p sonli raz`yomlarga еga. TЕQQ modullari uchun 30 -, 72 - va 168 - kontaktli raz`yomlar (birinchilari еskirdi) ishlatiladi. Platalarda ularda o`rnatilgan mikrosxemalar xotiraning qanday tiplarini qo`llashi ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir va bu xotira faqatgina FPM tipi еmas, balki EDO yoki CD RAM bo`lsa ham yaxshi.
256-512 Kbaytgacha bo`lgan kеsh-xotirann o`rnatish yoki kengaytirish imkoniyatiga е`tiborni qaratish kerak: kеsh-xotira mikrosxemalari DIP yoki SOP tipidagi korpuslarda yig`ilgan, ular, yo DIP-panelchaning mos raz`yomlariga o`rnatiladi, yoki bevosita plataga kavsharlanadi. Sinxron kеsh-xotira maxsus raz`yomga o`rnatiladigan, juda ham SIMM modulini еslatadigan maxsus COAST modullariga joylashtirilishi mumkin.
Pentium MP bazasidagi tizimli platalar odatda hamma kerakli ushbu qurilmalarni qo`shib oladi: standart ketma-ket va parallel portlar, floppi disklar va EIDE shinasini (ba`zan hattoki tovushli modul ham qo`shiladi) nazoratchilarini, tizimli kartani va sozlangan SCSI adapterni: grafik adapterdan tashqari (videokarta) hammasini, Pentium MMX MP lari uchun еsa ko`p sonli audio-, video- va grafik adapterlarni o`z ichiga oladi.
All In One tipidagi tizimli platalar o`z ichiga qattiq disk nazoratchisining videokartasini oladi.
Universal yoki ZIP tipidagi raz`yomlarni ishlatish hisobiga orttiriladigan (Upgradable) TP lar turli xil ichki taktli chastotali MP larni, masalan, Pentium 90 dan 200 gacha, o`rnatish imkonini beradi.
Tizimli platada ishlatilayotgan kuchlanish ( 3,5 V, 5 V va b.) qayta ulagichlari va MP ichki chastotalari qayta ulagichlari joylashishi mumkin.
Shunday qilib,