Tk1-kommunikativ kompetensiya


O‘ZBEKISTONDA DINIY TA’LIMNING TARIXIY ILDIZLARI



Yüklə 21,53 Kb.
səhifə2/3
tarix01.12.2022
ölçüsü21,53 Kb.
#120239
1   2   3
Tk1-kommunikativ kompetensiya

O‘ZBEKISTONDA DINIY TA’LIMNING TARIXIY ILDIZLARI
Vatanimiz tarixida diniy ta’lim uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ilk o‘rta asrlardayoq yurtimizda keng miqyosda faoliyat yuritgan madrasalarda diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy bilmlar ham o‘qitilgan. O‘z davrida madrasalar, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim vazifasini to‘laqonli bajargan.
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlar eng yirik ilm markazlari bo‘lib, XV-XIX asrlarda bu yerlar butun musulmon olamining oliy ta’lim markazlari
sifatida tan olingan.
Podshoh Rossiyasi istilosidan keyingi davrlarda madrasalar faoliyati sustlashdi. Ayrimlari yopilib ham ketdi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, jadid maktablari faoliyati yuzaga keldi. Toshkent, Samarqand, Qo‘qon shaharlari jadidchilik maktablarining markaziga aylandi.
1917-yilning boshlarida Turkistonda 100 ga yaqin yangi usul maktablari faoliyat yuritib, ularda 4 mingdan ortiq o‘quvchi ta’lim olgan. Bu maktablarda islom dini asoslari bilan bir qatorda chet tili, Ƭzika, kimyo, matematika, psixologiya, gigiyena, agronomiya, iqtisod, hi-sob-kitob kabi zamonaviy fanlar o‘qitilgan.
Sovet Ittifoqi tuzilgach, din va madrasalarga qarshi ayovsiz kurash avj oldi. Biroq, Ikkinchi jahon urushi yillarida sovet davlati o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida dinga munosabatini bir oz yumshatdi.
1943-yilda Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi (SADUM) tashkil etilib, u O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston Respublikalarining diniy tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish dan iborat bo‘ldi.


O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
huquq va majburiyatlar bo‘yicha qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston islom akademiyasining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining huquqiy vorisi hisoblanishi belgilab berilgan.

Yüklə 21,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin