Tojikiston alyuminiy zavodi



Yüklə 17,09 Kb.
tarix15.06.2022
ölçüsü17,09 Kb.
#116948
Tojikiston alyuminiy zavodi


TOJIKISTON ALYUMINIY ZAVODI

Reja:


1.Tojikiston alyuminiy zavodi joylashuvi.
2.Ekologiyaga ta`siri.
3.Zararli gazlar, va boshqa zararli omillar.

Ma’lumki, ekologik muammolarni mavjudligi ma’lum mintaqaning, hududning o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, Surxandaryo viloyati ham shunday o’ziga xos ekologik muammoga ega bo’lgan hududdir. Vohaning bu sohadagi muammolaridan biri- Tojikiston alyumin zavodining zarari hisoblanadi. 


Alyuminiy zavodi 1975-yilda Tursunzoda shahri hududida, ya’ni O’zbekiston chegarasidan 10 kilometr narida ishga tushirilgan. Uning quvvati yiliga 517 ming tonna alyumin ishlab chiqarishdan iboratdir. Alyuminiy zavodi vodorod ftoridi, oltingugurt angidridi, azot oksidlari, uglerod oksidi va boshqa zaharli moddalarni havoga chiqindi sifatida chiqarmoqda.
Keling, professor Shukur Xurramovning tadqiqotlarini ko’zdan kechiraylik. Bir tonna birlamchi alyumin ishlab chiqarish uchun 33-47 kg ftor sarf qilinadi va undan 65 foizga yaqin vodorod ftoridi atmosferaga tarqaladi. Bu zavod 1989 yilda 460 tonna mahsulot ishlab chiqargan. Demak, zavod shu yilning o’zida 500 tonnaga yaqin ftorid kukunini atmosferaga “sovg’a” qilgan. Kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, tuproqda-2.7, piyozda-29.6, sutda-14.9, sabzida-22.8, olmada-23, bug’doyda-5.5 foiz shunday birikmalar bor ekan. 
Viloyatdagi ma’sul idoralar xodimlari 2005 va 2006 yilning avgust oylarida Uzun, Sariosiyo, Denov tumanlarida ekologik holatning nihoyatda og’ir ekanligini ko’rib chiqdilar. Hozirgi vaqtda bu zavod mo’rilaridan chiqayotgan zaharli gaz tutunlari hattoki Oltinsoy, Jarqo’rg’on tumanlari hududlarigacha yetib kelgan. 
2006 yilda “Ruskiy alyuminiy” (Rusal) kompaniyasining bosh direktori Oleg Deripaska janoblari bu hududga tashrif buyurdi. U bir dunyo va’dalarni berdi. Ammo va’da va’daligicha qoldi. Eng achinarlisi , tashrifdan so’ng Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatida yangi alyumin zavodini qurish ishlari jadal boshlab yuborildi. 
Alyumin zavodining ta’sirida anor, xurmo, uzum va boshqa mevali daraxtlardan ham hosil olib bo’lmayotganligi haqida bugun dehqonlar ro’y-rost aytishmoqda. Eng muhumi, bu zavodning ta’sirida shimoliy tumanlarda chorva tuyoq soni yildan yilga kamayib bormoqda. Ayniqsa, mollarning ovqat hazm qilish organlari, buyrak , o’pka va jigarlari kasallanib, hayvonlarning nobud bo’lishiga olib kelmoqda. Agar ahvol shunday davom etadigan bo’lsa, odamlar bu hududlarda chorvani qo’ldan boy berib qo’yishlari turgan gap. Pilla yetishtirish ushbu tumanlarda tugatilganligi bugun hech kimga sir emas. Zaharli chiqindilarning havoga tarqalishi odamlar organizmiga ham kuchli ta’sir ko’rsatmoqda. Shimoliy tumanlarda yildan yilga flyuoroz (tish) kasalligining soni oshib bormoqda. Shuningdek, aholi o’rtasida nafas olish a’zolari kasalligi, avj oldi. Endokrin va qand kasalliklari ancha ko’paydi. 
Biz Tojikiston alyumin zavodining zararli ta’siriga bag’ishlab talabalar o’rtasida sotsiologik tadqiqotlar o’tkazdik. Keling, ushbu so’rovga jalb qilingan talabalarning fikr mulohazalarini kuzataylik. Ularning 100 foizi alyumin zavodi havoga ftor gazini chiqayotganini qayd qilishgan. “ Atmosfera bulg’anishi Surxandaryo viloyatida qanday oqibatlarni keltirib chiqarmoqda? “ degan savolga talaba S. Eshmurodovaning javobini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
“ Eng avvalo, atrof – muhitning bulg’anishi qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi kamayishida, anorzorlarning qurib qolishida, mevalarning kasallanib ketishida, mehnatkashlarning yillik daromadlari keskin kamayishida ko’rinmoqda. Uy hayvonlarni biz anglab yetmagan ayrim kasalliklarga chalinmoqda. Tishlari to’kilib, nosog’lom buzoqlar tug’ilmoqda.” 
Bunday javoblarni N. Mustafoqulova, A. Mamatrahimov va boshqa ko’plab talabalarning bitiklarida o’qish mumkin.
-Alyumin zavodidan chiqayotgan zaharli gazlarni zararsizlantirib, uning ochiq havoga chiqishining oldini olish chora-tadbirlarini ko’rish karak, ehg muhimi, ikki davlat bu muammoni kelishgan holda hal etsa, nur ustiga nur bo’lur edi, - deydi talaba Xurshida Usanova.
Biz ham shunday fikrdamiz. Muammoni kelishuvlar asosida hal etish mumkin. Bu- bor gap. Ammo bu dolzarb masalani bir kun ham kechiktirmasdan hal etish kerak. Bu muammo davrimizning eng muhum muammolaridan biri. 
Yaqinda Ozodlik radiosi Tojikiston alyuminiy zavodi (TojAZ) muammosini ko’tarib, jamoatchilik e’tiborini ushbu muammoga yana bir marta jalb qildi. 
Radioning xabar qilishicha, Tojikiston prezidenti I.Rahmonov ushbu zavod o’tgan yili 379 ming 630 tonna alyuminiy ishlab chiqargani, joriy yilda ishlab chiqarish 420 ming tonnaga etishi kutilayotgani haqida bayonot bergan. Bu hol haqli ravishda Surxondaryo viloyatining Tojikistonning alyuminiy zavodi joylashgan hududi bilan chegaradosh tumanlari aholisining o’rtasida xavotirlarga sabab bo’lgan. 
Zavod mo’rilaridan havoga ko’tarilayotgan zaharli moddalarni shamol aynan o’sha chegaradosh tumanlar hududiga zaharli moddalarni haydab kelmoqda. Atmosfera va tuproqning bulg`anishi oqibatida nafaqat iqtisodiy, hatto odamlar salomatligiga ham zarar etmoqda. 
So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, TojAZdan chiqayotgan zararli vodorod ftorid moddasi Surxondaryoda meyordagidan 2,5 barobargacha yuqori bo’lib qolmoqda. Natijada kasallik ortib boryapti. Jumladan, 2005 yilda ayollar o’rtasida anemiya 68,1 foiz, bo’qoq 3,6 foiz, oshqozon-ichak kasalliklari 5,5 foiz ko’paygan., deb xabar beradi Ozodlik.
Mutaxassislarning e’tirof etishicha, TojAZ singari quvvat bilan ishlaydigan alyuminiy zavodini atrof muhitga zarar etkazmaydigan darajaga keltirish, ya’ni havoga chiqarilayotgan zaharli chiqindilarni filtrlab qoladigan uskuna o’rnatish uchun $1 milliarddan ko’p mablag` kerak bo’lar ekan. 
Rossiyaning «RUSAL» kompaniyasi Tojikistondagi GESlar va TojAZning o’zini qayta rekonstrukciya qilish uchun zikr etilgandan ham kamroq mablag` ajratayotganini, Tojikiston byudjetida esa bunday maqsadlar uchun ajratish mumkin bo’lgan mablag`ning o’zi yo’qligini hisobga olsak, vaziyat o’z-o’zidan oydinlashadi. 
Tojikiston rasmiylari ham, mustaqil sinchilar ham ana shu haqiqatni tan olgisi kelmaydi-da, O’zbekiston jamoatchiligi xavotirini siyosiy bosim o’tkazish taraddudi sifatida baholamoqchi bo’ladi. Gapimiz quruq bo’lmasligi uchun Ozodlik mulohazalariga quloq tutamiz: “Tojikiston hukumati esa fuqarolarning alyuminiy zavodi xususida O’zbekistonda shovqin ko’tarilayotgani ortida siyosiy sabablar yotganini aytmoqda”. 
Ammo o’sha Ozodlikka intervyu bergan tojikistonlik mustaqil sinchi Abdug`ani Mamadazimov ham bu ekologik muammoga O’zbekiton siyosiy tus berayotganini aytadi. Rasmiy poziciya bilan oddiy sinchining fikri bir joydan chiqayotganini tasodif deb bo’larmikin? 
Janob Mamadazimov sovet davrida ham TojAZ muammosi qayta-qayta ko’tarilganidan bexabarga o’xshaydi. Aks holda ahvol O’zbekiston hukumati bo’rttirab ko’tarayotgan darajada emas, deb aytmagan bo’lar edi. 
Agar Tojikiston alyuminiy zavodi yana to’liq quvvat bilan ishlaydigan bo’lsa, janob A.Muhammadazimovga o’xshab, muammo haqida ekologik falokat haqida gapirish kerak bo’ladi. O’zbekistonda bu masalani, tokijikistonliklar iddao qilayotganday, siyosatchilar emas, mutaxassislar, xususan, metereologlar, vrachlar, ekologlar, qolaversa, jamoatchilik ko’tarmoqda va muammo hal bo’lmaguncha ko’taveradi. 
Bu muammoni hal etish uchun mamlakatimizda ham ma’lum chora tadbirlar ko’rilmoqda. Yaqinda “Ekosan” tashkilotining maxsus yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda yurtimiz ekologlari, shifokorlari va huquqni muhofaza qilish organlari mutaxasislari ishtirok etishdi. Ular Surxandaryo viloyatidagi murakkab ekologik holatni tahlil qilib, vaziyatni yumshatish uchun qanday chora tadbirlarni ko’rish kerakligi haqida o’z fikr mulohazalarini bildirishdi. Qilish kerak bo’lgan ishlar borasida fikr almashishdi. 

TOJIKISTONDA ROG’UN GESINING QURILISHI



Tojikisoton Kukumatdan Vaxsh baland to`g`on bilan to`sib, Rog`un GES I loyhasini amalgam oshirishni rejalashtirgani qo`shni davlatlar jumladan: O`zbekiston xalqi va ko`plab horijiy mutahassislarni nihoyatda bezovta qilayapti. Bu xavotirning 3ta asosiy omili bor:
Ushbu holatda xalqaro huquq me’yorlari qo`pol ravishda buziladi, mintaqada katta ekologik xavf va salbiy iqtisodiy oqibatlar yuzaga keladi.
Avvalambor Rog`un GESining qurilishi hech qanday ESPO Konvensiya qoidalariga to`g`ri kelmaydi. Bu haqda na Tojikiston, na O`zbekiston jamoatchiligiga loyiha bo`yicha birorta axborot yoki atrof muhitga ta’siri bahosi yuzasidan ma’lumot tushintirish berilgani yo`q.
Rog`un GESi to`g`oni doimiy faol seysmik joy bo`lgan tektonik siniq chizig`ida joylashgan seysmik xavf va to`g`on buzilishi xavfini baholash hozirgi zamon talablari darajasida bajarilmagan.
Nihoyat, Rag`un GESI loyihasini amalga oshirilishi O`zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazadi. 15 kub km hajmiga ega suv omborining to`ldirishi bir necha yil davomida sug`oriladigan dehqonchilik maydonlari va kommunal ho`jalik ehtiyojlari uchun zarur b`olgan suv resurslari yetishmasligiga, kamayishiga olib keladi.
Kelgusida GES to`liq quvvat bilan ishlagan sari O`zbekiston oladigan suv ayni sug`orish zarur bo`lgan paytda cheklanib qoladi. Gidroenergetika va qishloq xo`jaligi orasidagi ziddiyat Hatto bir davlat miqqiyosida hal etilishi qiyinligi, murakkabligi Rossiya, Misr, Iroq va boshqa mamlakatlar tajribasidan ma’lum shuni qayd etsih kerakki, mazkur loyiha amalgam oshirilsa, suv sifati ham o`zgaradi. Suvda eriydigan moddalar konsentratsiyasi kamayadi, suv harorati pasayadi. Bu esa o`z navbatida pahta va boshqa ekinlar hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi. O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 2010 yil 16-17-mart kunlari Qozog`iston Respublikasi prezidenti N.A.Nazarboyevning O`zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo`lib o`tti. Davlat rahbarlari ko`p masalalar bo`yicha fikr almashishdi.
Prezidentlar Markaziy Osiyoda suv energetika masalalarini muhokama qildilar va bu sohadagi muammolarni, shu jumladan trans chegaraviy daryolarda yangi gidroenergetik inshoatlar qurish masalalarini Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq mintaqadagi Barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda hal qilish zarurligini ta’kidladilar. Tomonlar mintaqadagi barcha davlatlar ekologik va tehnogen xavfsizlikni ta’minlashni shuningdek, trans chegaraviy ta’sir etadigan yangi gidroenergetik inshoatlarni qurishda suv oqimlarning hajmi va rejimini saqlash masalalarini mustaqil xalqaro ekspertiza o`tkazish asosida kelishib olishlari zarurligin ta’kidladilar.
Yüklə 17,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin