1
415.19 TO’YQULOV OTABEK
1 – amaliy mashg‘ulot
TOLALI OPTIK UZATISH TIZIMLARINING IKKI
TOMONLAMA LINIYA TRAKTLARINI TUZISH PRINSIPLARI,
OPTIK KANALLARNI ZICHLASHTIRISH USULLARI
1.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Tolali optik uzatish tizimlarining ikki tomonlama liniya traktlarini
tuzish prinsiplari, optik kanallarni zichlashtirish usullariga oid asosiy
tushunchalar haqida bilimga ega bo‘lish.
1.3. Nazorat savollari
1.3.1. Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
1.3.5. Ochiq optik aloqa tizimidan nega keng foydalanilmaydi?
1.3.6. Ochiq optik aloqa tizimining tuzilish prinsipini tushintiring.
1.3.9. Ikki tolali, bir polosali, bir kabelli TOA tizimining tuzilish
sxemasini tushuntiring.
1.3.10. Bir tolali, bir polosali, bir kabelli TOA tizimi qanday tuziladi?
1.3.15. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring.
1.Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
Optik aloqada signallar 3*10^8 m/s yorug’lik tezligida hamda to’g’ri chiziqli
tarqaladi. Signal tashuvchilar – fotonlar hisoblanadi.
Optik signallar yordamida axborotlarni ma’lum masofalarga uzatishga mo’ljallangan,
ya’ni optik signallarni shakllantirishni, qayta ishlashni, uzatishni ta’minlovchi optik
qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig’indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi
Zamonaviy xizmatlarni hayotga kirib kelishi bilan telekommunikatsiya tarmoqlariga
talab ortib bormoqda.
2
Yuqori tezlikdagi signallarni uzatish va qabul qilib olish uchun yuqori darajada
o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan yo’naltiruvchi muhit bo’lishi kerak. Bunday
talablarga optik aloqa vositalariga teng keluvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas
Optik
aloqaning
bir
qator
xususiyatlari uning
telefon
tarmoqlari, kabel
televideniyesi, kosmik apparatlar, samolyot, suv usti va suv osti kemalarining bort
aloqasi, elektron hisoblash mashinalar orasidagi ichki va tashqi aloqani tashkil
etish, shuningdek, texnologik jarayonlarni boshqarish maqsadlarida keng qo‘llanish
topishiga olib keldi va u raqobatbardosh aloqa turlaridan biriga aylandi. Har qanday
aloqa tizimi axborotni bir manzildan boshqa manzilga uzatish uchun xizmat qiladi.
Aloqa tizimlarining barcha turlari ikki muhim omili axborot eltuvchi va axborot
uzatuvchi muhitning mavjudligini nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda dunyoning barcha
taraqqiy etgan mamlakatlarida optik aloqa tizimlari, xususan, tolali optik
aloqa tizimlarini takomillashtirish, ulardan axborotlar oqimini uzatish va ularga ishlov
berish tarmoqlarida foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar
olib borilmoqda.