Tolali optik uzatish tizimlarining ikki tomonlama liniya traktlarini tuzish prinsiplari, optik kanallarni zichlashtirish usullari


Ochiq optik aloqa tizimidan nega keng foydalanilmaydi?



Yüklə 14,94 Kb.
səhifə2/4
tarix01.11.2023
ölçüsü14,94 Kb.
#131016
1   2   3   4
Tolali optik uzatish tizimlarining ikki tomonlama liniya traktla-fayllar.org

2.Ochiq optik aloqa tizimidan nega keng foydalanilmaydi?
Optik signal uzatish muhiti bo‘ylab tarqalganda so‘nadi va buziladi. Optik signallarni
uzoq masofalarga uzatish maqsadida m a’lum oraliqlarda signallarning buzilish
darajasiga qarab, retranslyatorlar: regenerator yoki kvant optik kuchaytirgichlari
o‘rnatiladi. Regenerator kirishida optik signallar elektr signallariga, chiqishida esa
elektr signallardan optik signallarga o‘zgartiriladi, ya’ni regeneratorlarda
elektr signallar kuchaytiriladi, sozlanadi va boshlang‘ich shakli tikianadi. Kvant optik
kuchaytirgichlari qo‘llanilganda esa so‘ngan optik signallar elektr signaliga
o‘zgartirilmasdan optik signallar ko‘rinishida kuchaytiriladi. Qabul qilishda
teskari jarayon amalga oshiriladi, ya’ni qabul qilingan optik signal ko‘pkanalli elektr


3
signalga o‘zgartiriladi va KHQU chiqishida N kanal signallariga ajratiladi. OOAT


uzatish muhiti atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin.
Atmosferali OOATda to‘lqinlarning tarqalish xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo
sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suvosti uzatish muhitlarining fizik nuqtayi
nazaridan nobirjinshgi va ular tarkibidagi begona zarrachalarning uzatilayotgan
nurlanish to‘lqini bilan o‘zaro ta'sirda bo‘lishidan elektromagnit to'lqinlar buziladi.
Zarracha o‘lchamlarining to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta
bo‘lishi buzilishlarni oshiradi. Shu sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli
xarakterga ega. Shu tarzda uzatish m uhitlarini tahlil qilish, aloqa tizim larini
loyihalashtirishda yuzaga keladigan eng muhim masala hisoblanadi. To‘lqinlarning
tarqalish yo‘nalishiga tushib qoladigan zarrachalar, asosan, optik nurlanishni yutadi va
sochadi. Bu omillarning ta’sir darajasi muhit turiga (suvosti, toza havo, turbulent
atmosfera va boshqalar) bog‘liq. Bu tizimlarda buzilishlarni kamaytirish va talab
etiladigan ishonchlilikni ta’minlash uchun retranslyatsiya uchastkasi uzunligini
kamaytirish kerak bo'ladi. Kosmik OOATning uzatish muhiti bu atmosferadan holi
bo‘lgan ochiq fazodir. Kosmik muhitda atmosfera muhitlariga xos bo‘lgan 24
www.ziyouz.com kutubxonasi buzilishlar hosil bo‘lmaydi, ular barqaror bo‘lib,
aloqaning yuqori ishonchliligini ta’minlaydi.


Yüklə 14,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin