To`lov balansining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bog’liqliklar
To`lov balansi taxlili.
To`lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
17.1. To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. To`lov balansi — ma`lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashki dunyo o`rtasida bo`ladigan bitimlar statistik kayd kilingan xujjatdir. U mamlakatning iktisodiy alokalarini anik-lo`nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-solik, xalkaro savdo siyosatining xamda davlat karzini boshkarish yo`nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma`lum vaktdagi barcha xalkaro iktisodiy faoliyati, shu jumladan, tashki savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi xam to`lov balansida o`z aksini topadi. Xar kanday tashki iktisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orkali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jaxon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. SHuning uchun xam to`lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chikariladigan barcha to`lovlar ko`rsatilgan xujjatdir deb karash mumkin. Tushum fakat eksport yordamida ta`minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to`lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan boglik bo`ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan xar kanday narsa tushuniladi, ya`ni, u moddiy ne`mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital.