Investitsiyalar va boshka o`rta va uzok muddatli kapital
+150
-87
+63
Kapital xarakati balansining koldigi
+63
Joriy operatsiyalar va kapital xarakati buyicha balansning koldigi
-24
Rasmiy zaxiralar (oltin, XFVdagi zaxiralar)
+24
+24
va valyuta bo`lishi mumkin
To`lov balansida barcha iktisodiy bitimlar ikkita katta guruxga bo`linadi: joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilan boglik operatsiyalar (10-jadval). SHunga ko`ra to`lov balansi struktarasi xam ikki kismdan iborat:
1. Joriy operatsiyalar xisobi;
2. Kapital xarakati xisobi.
Joriy operatsiyalar xisobida maxsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. YA`ni, joriy operatsiyalar xisobida ichki maxsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga maxsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko`rsatiladi. CHunki, maxsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chikib ketishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi.