To’lov balansining mohiyati va tarkibi Mundarija Kirish I bob. To’lov balansi to’g’risida tushuncha va tuzulishi



Yüklə 115,24 Kb.
səhifə1/5
tarix02.12.2023
ölçüsü115,24 Kb.
#137655
  1   2   3   4   5
To’lov balansining mohiyati va tarkibi 4


To’lov balansining mohiyati va tarkibi
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3
I bob. To’lov balansi to’g’risida tushuncha va tuzulishi ……………………14
1.1. To’lov balansi to’g’risida tushuncha…………………………………………7
1.2. Balansning tuzilishi va uning moddalari…………………………………...14
II.bob. Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar va to’lov balansnining zamonaviy ko’rinishlari…………………………………………28
2.1. Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar…………………..22
2.2. To’lov balansnining zamonaviy ko’rinishlari……………………………….28
Xulosa……………………………………………………………………………30
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………31

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hammamizga ma’lumki, jahon iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, rivojlangan yirik mamlakatlar iqtisodiyotiga 2018-yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz haliberi salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’tgan davr mobaynida ahvolni yaxshilash maqsadida ko’rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, aksariyat davlatlarda o’sish sur’atlari va ishlab chiqarishning amalda pasayishi kuzatilmoqda. Ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib bo’lmaydigan va turli xavf-xatarlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda davlat qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o’sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Shularga qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo‘yicha ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi.
Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig‘i ta’lim, 14,5 foizdan ko‘prog‘i sog‘liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.
Bugungi kunda, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat qarzining ortib borishi bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotgan bir sharoitda, O‘zbekistonimiz chetdan qarz olish bo‘yicha puxta o‘ylangan siyosat olib borishi natijasida davlatimiz qarz hajmining ulushini nisbatan past darajada ushlab qolishga va o‘z majburiyatlariga to‘liq javob beradigan mamlakat sifatida barqaror obro‘-e’tiborini saqlab qolishga erishdi”.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’z daromadlarini mustaqqil tasarruf etadigan, o’z xarajatlarini o’zi qoplaydigan bo’ldi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta’sirchan dastagi hisoblangan davlat byudjeti mablag’lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunda, albatta, byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjetda ko’zda tutilgan tadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi.

Yüklə 115,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin