Topshirdi: Ro'ziyeva Navro'za



Yüklə 28,51 Kb.
səhifə1/2
tarix13.04.2023
ölçüsü28,51 Kb.
#125230
  1   2
2 Navruza Milliy tarbiya konsepsiyasi.


Oriental University
Tarbiya fanidan
Refarat
Topshirdi: Ro'ziyeva Navro'za

Mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi.


Reja:
Kirish
Asosiy qism.

    1. Tarbiya fani konsepsiyasida belgilangan dolzarb masalalarni amalda qo‘llash zarurati

    2. O‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashda me’yoriy xujjatlarda aks etgan asosiy masalalar mazmuni

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
“Tarbiya” arabcha “parvarish qilish”, “ta’lim berish”, “o‘rgatish”, “odob o‘rgatish”, “navozish, mehribonlik ko‘rsatish”, “ko‘z-quloq bo‘lish”, “himoya qilish”, “rahbarlik qilish”, “boshchilik qilish”, “yo‘naltirish” ma’nolarini anglatadi. “Tarbiyachi” so‘zi esa shu ko‘pqirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchidir. Globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan xozirgi davrda o‘quvchi-yoshlarning tarbiyasiga zamonaviy talablar asosida e’tibor qaratish, ularni milliy ruxda tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Ana shu jihatlarni inobatga olgan holda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning taklifiga asosan joriy etilgan “Tarbiya” fani Vazirlar Mahkamasining va Xalq ta’limi vazirligining qator me’yoriy xujjatlari bilan mustahkamlandi. Bitiruv malaka ishida ana shu me’yoriy xujjatlarning mazmuni va unda belgilangan masalalar, milliy tarbiyani amalga oshirishning o‘ziga xos talablari hamda dars jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan amaliy tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.
Bugungi kun yoshlarini tarbiyalashda ularga milliy ruhiyatni, milliy mentalitetimizga xos ezgu jihatlarni singdirish muhim vazifalardan xisoblanadi. Milliy tarbiya deganda yosh avlodni o‘z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim berish deganidir. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tarbiya xususida fikr yuritib, jumladan, shunday ta’kidladilar: “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir.

Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion


jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual
salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida «Tarbiya» fani konsepsiyasi mazkur
fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi.
Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo‘nalishlar mamlakat yoshlarini ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan hujjatlari, xususan «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Yoshlar-2030» strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga asoslanadi.
Konsepsiyada belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg‘or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda amalga oshiriladi.
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning yoshiga mos ma’naviy rivojlanishini ta’minlash va faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» turkumiga kiruvchi fanlar
«Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari»,
«Ma’naviyat asoslari», «Dunyo dinlari tarixi» fanlarini birlashtirgan yagona Tarbiya
fanining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o‘rganildi, amaldagi fanlarning o‘quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilindi. Konsepsiya asosida yaratilgan dastur amaldagi Sog‘lom avlod asoslari, Salomatlik, Yo‘l harakati qoidalari, Hayot xavfsizligi asoslari, Salomatlik darslari,
Huquqiy tarbiya, Ekologik tarbiya, Media madaniyati, Iqtisod va soliq saboqlari kabi bir qancha fakulьtativ o‘quv kurslari dasturlarini birlashtiradi.
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari) negizi hisoblanadi. Konsepsiya
«Tarbiya» fanini o‘rganish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni va
malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.
Konsepsiyaning dolzarbligi va zarurati
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha
modellarini yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo‘llashga doir ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda.
Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda o‘quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag‘rikenglik, ma’naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda.
Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan «Milliy istiqlol
g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o‘rgatish, buning natijasi o‘laroq, oila-jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, «ommaviy madaniyat»ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi.
Konsepsiyani joriy etishning asos va prinsiplari quyidagi masalalarni qamrab oladi:
Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi asosiy prinsiplar quyidagilar hisoblanadi:

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi;

  • ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish;

  • sohadagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish;

  • ochiqlik va shaffoflik;

  • tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

- tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi va mutanosibligi.

Yüklə 28,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin