Zamonaviy sektalar tomonidan missionerlik faoliyatini olib borishda qanday uslublardan foydalanilmoqda?
Missionerlik qanday vujudga kelgan?
“Missionerlik” tushunchasi umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar o‘rtasida boshqa dinni targ‘ib qilish ma’nosini anglatadi. Missionerlik, asosan xristianlik diniga xosdir. Bunday harakat xristianlik dini qadimiy Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan davrdan buyon amalga oshirilib kelmokda. Xristian ruhoniylari dastavval missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko‘pxudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka da’vat qilish bayrog‘i ostida olib bordilar. Shu tariqa IVasrda paydo bo‘lgan xristian missionerligi XIII-XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, va Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida esa missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII-XVIasrlar) da taraqqiy etdi. Missionerlik harakati Buyuk Rim imperiyasiga yangi yerlarni o‘zlashtirishga katta yordam berdi. Katolik missionerligiga raxbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda “Diniy targ‘ibot kongregatsiyasi” ni ta’sis etdi. XIX asrga kelib esa missionerlik yangidan faollashdi.Ushbu harakat vakillari bo‘lgan missionerlar o‘z faoliyatlarini Afrikada keng tarzda yoyib, o‘z mamlakatlarining siyosatini o‘tkazishga yordam berdilar. Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan faoliyati xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish masalalariga e’tibor qaratadilar. Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o‘zi ham missionerlik harakati turli din vakillari o‘rtasida hamda musulmonlar orasida dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga zamin yaratish mumkin ekanligiga dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda bugungi kunda missionerlik harakati insonlar orasida hamda ba’zi-bir yoshlarimiz nigohida diniy mutaassiblikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lmoqda desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.” Bu norma Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?