topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing



Yüklə 29,48 Kb.
səhifə4/4
tarix13.12.2023
ölçüsü29,48 Kb.
#140237
1   2   3   4
2 (4)

Vijdon erkinligi nima?

Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1991-yil 14-iyunda qabul qilingan, 1998- yil 1- mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega" (35-modda). Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi boʻyicha, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra, dinga munosabatidan qatʼi nazar fuqarolarning tengligi taʼminlanadi (4-modda). Ushbu qonunda taʼkidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning oʻz diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan.

  1. Diniy bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz?

Diniy bag’rikenglik- boshqacha diniy qarashlar,axloqlar va turmush tarziga nisbatan murosa qilib yashashga odatlanish.Qator mamlakatlarda ko‘p sonli diniy e’tiqod egalari bilan birga kam sonli boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar birgalikda, yagona jamiyatda hamkor, hamnafas bo‘lib yashashlarining zarur sharti. Diniy bag‘rikenglik tobora o‘zini g‘ayri insoniy mohiyatini ko‘rsatib, soxta diniy shiorlar ostida gunohsiz odamlarning halok bo‘lishlariga sabab bo‘layotgani diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan harakat hamdir. O‘z diniy qarashlari haqligiga qattiq ishongan, e’tiqod qo‘ygan, boshqacha diniy qarashlar bilan erkin musoxabaga kira olish malakasiga ega bo‘lgan individlarda diniy bag‘rikenglk yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston xalqlarining diniy bag‘rikenglik an’analari o‘zining ham milliy, ham umumbashariy mohiyati bilan purviqordir. Mamlakatimizda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar diniy bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangandir.
Yüklə 29,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin