Amaliy mashg’ulot № 3 Mavzu: Har bir materikdagi poytaxt shahar nomlari. topshiriq
Yevrosiyo materigidagi poytaxt shaharlar toponimlari haqidagi jadvalni to’ldiring
№
Poytaxt
Shahar
Toponimlari haqida ma’lumot
1
Italiya poytaxti
Rim
Asl nomi Rumo – hozirgi Tibr daryosi nomidan olingan. Rim - <> iborasi uning yasama nomi
2
Albaniya poytaxti
Tirana
Ushbu nom XVI-asrda paydo bo’lgan. Tirana eramizdan avvalgi 1 ming yillikda Apenin yarim orolida yashagan tirren qabilasi nomidan olingan
3
San-Marino
San-Marino
Appenin yarim orolidagi kichik davlat. Hozirgi davlat o’rnida milodning IV – asrida Marino ismli kishi dindorlar jamiyati qurish maqsadida bunyod etgan
4
Turkiya poytaxti
Anqara
Turkiya Respublikasi poytaxti ekanligi ko’pchilikka ma’lum. << Karvon-saroy>>, <> ma’nosidagi langar so’zi Anqara atamasining kelib chiqishiga sababchi bo’lgan
5
Iroq poytaxti
Bog’dod
Iroq poytaxti Bog’dodning asl ma’nosi << Ollohning tuhfasi>> deganidir. Ulug’lab aytilganida Dorussalom - << Tinchlik uyi >> demakdir. 762 – yili asos solingan shahar 1921-yildan iroq poytaxti sanaladi
6
Yaponiya poytaxti
Tokio
Yaponiya poytaxti qadimda EDO deb atalgan Unga XV asr o’rtasida asos solingan. Yaponiyaning poytaxti 1868 yil 17-iyulda Kiotodan ---Tokioga ko’chirilgan. << Tokio>> ning o’zbekcha tarjimasi <> demakdir
7
Shimoliy Korea
Pxenyan
Shimoliy Korea poytaxti Pxanyanga 1570-y 15-oktabrda asos solingan. Koreyscha <
> tekis joy, ma’nosini anglatadi. 1948-yildan Shimoliy Korea poytaxti.
8
Filippin poytaxti
Manila
Filippin davlati poytaxti Manila bo’lib, mahalliy tilde <> degan ma’noni anglatadi . Ma’lumki nil-nila hindi so’zi bo’lib , indigo daraxti, ko’k bo’yoq olinadigan daraxtdir.
9
Suriya poytaxti
Damashq
Suriya poytaxti Damashqning o’zbekcha ma’nosi << Foydali >> demakdir.
10
Islandiya poytaxti
Reykyavik
Reykyavik – Islandiya poytaxti. Islandcha Reykya- << bug’ >>, << tutun >>, vik – qo’ltiqcha , << qishloq >> ya’ni qaynar buloqlar geyzerlar ko’pligidan bug’ otilib turadigan
topshiriq
Afrika materigidagi poytaxt shaharlar toponimlari haqidagi jadvalni to’ldiring
№
Poytaxt
Shahar
Toponimlari haqida ma’lumot
1
Nigeriya poytaxti
Lagos
Lagos – 1960-yil oktabridan Afrikadagi Nigeriya davlatining poytaxti hisoblanadi. Laguna ( qo’ltiqcha) ichkarisida joylashganligi uchun XV asr oxirida kelgan Portugal sayyohlari shunday atashgan.
2
Liviyaning poytaxti
Tripoli
Tripoli – Liviyaning poytaxti. Arabcha Tarablus al-g’arb ( Livanda yana bir Tri-poli, Tarablus al-Sharq bor) Grekcha Tripolis- <> degan so’z, hozirgi shahar shu yerdagi uchta kichik shaharcha o’rnida bunyod etilgan
3
Serra-Leone poytaxti
Fritaun
Afrikadagi Serra-Leone davlatining poytaxti. Inglizlar 1787-yilda asos slogan inglizcha fri so’zi << ozod >>, taun - << shahar >> ma’nosini anglatadi
4
Senegal poytaxti
Dakar
Senegal poytaxti – Dakar so’zining o’zbekcha << Suvsiz >> degan am’noni anglatadi. Shahar 1857-yili Fransiya qal’asi sifatida barpo qilingan.
5
Malta poytaxti
La-Valetta
U shahar 1566-yili shaharni bunyod etganruhoniy magistr Jan de la Valetta ismi bilan atalgan. XVI – asrning 60-yillarida asos solingan.
6
Efiopiyaning poytaxti
Addis - Adeba
Addis-Adeba so’zining toponomik ma’nosi << Mangu-Bahor >> degani. Rivoyatlarga qaraganda , Podsho Menelikning rafiqasi betob bo’lganda toqqa chiqib u yerdagi gullar hididan sog’aygan ekan.
7
Kongo XDR poytaxti
Brazzavil
Fransuz ofitseri de-Brazza nomidan olinib, “ vil “ – shahr so’zi qo’shilgan. Brazza shahri degan ma’noni anglatadi.
8
JAR poytaxti
Pretoriya
Pretoriya – JAR davlatning poytaxti. Uning ma’nosi Golland mustamlakasi Pretorius sharafiga berilgan.
9
Uganda poytaxti
Kampala
Kampala bu Uganda davlatining poytaxti. Kampala so’zi mahalliy tilde << ANTILOPA >> degan ma’noni anglatadi
10
Angola poytaxti
Luanda
Luanda – bu Angola davlatining poytaxti
3-topshiriq Janubiy Amerika materigidagi poytaxt shaharlar toponimlari haqidagi jadvalni to’ldiring
№
Poytaxt
Shahar
Toponimlari haqida ma’lumot
1
Braziliya poytaxti
Brazilia
Dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlangan, Braziliya daraxtidan ( Pau-Brasil ) kelib chiqqan.
2
Venusuela poytaxti
Karakas
Karaka dеgan hindu qabilasi nomidan olingan bo`lib, ispancha ko`plik bеlgisi- s qo`shilgach Karakas shaklini olgan poytaxt shahar Janubiy Amerikadagi Vеnеsuela Rеspublikasi markazi hisoblanadi. Karakasga 1567-yili ispanlar asos solgan. 1830-yildan Vеnеsuela poytaxti.
3
Urugvay poytaxti
Montevideo
Portugalcha «tog`ni ko`rayapman» dеgan ma`noni bildiruvchi Montеvidеo so`zidan olib nomlanuvchi shahar Janubiy Amerikadagi Urugvay davlati poy-taxtidir. Bu yerga dastlab kеlgan sayyohlar uzoqdan tеpalikni ko`rganlarida ana shunday dеgan ekan. Kеyinchalik borib bu ibora shahar nomi bo`lib qolgan. Shaharga 1726-yili ispanlar asos solgan. 1828-yildan Urugvay poytaxti
4
Argentina poytaxti
Buenos - Ayres
1526-yilda asos solingan Argеntina Rеspublikasining poytaxti ma`nosi «Trinidad muqaddas shahri va Bibi Maryam yoqimli shamollar porti» (Buenos-Ayrеs) dеganidir. Unga ispan konkistadori Pеdro dе-Mеndos asos solgan. 1880-yildan Argеntina Rеspublikasining rasmiy poytaxti.
5
Peru poytaxti
Lima
Ispaniya qirolining noibi qurdirganligidan «qirollar shahri» dеb atalgan Lima- 1821-yildan Peru davlati poytaxti hisoblanadi. Rimak- «koxin», «folbin» so`zining o`zgargan shakli. Shaharga 1535-yili ispanlar asos solgan.