Topshiruvch Erkinov Jurabek Qabul qiluvch Rayimjanova O. S mavzu: Operatsion kuchaytirgichlar asosida analog signallar o‘zgartirgichlar Reja


С.Н.Лехна. Схемотехника эВМ. Санкт-Петербург, 2010г



Yüklə 125,79 Kb.
səhifə7/7
tarix18.11.2023
ölçüsü125,79 Kb.
#132927
1   2   3   4   5   6   7
“Elektronika va sxemalar” Muqadamxon 690 21 2

С.Н.Лехна. Схемотехника эВМ. Санкт-Петербург, 2010г


Xulasa:
Kuchaytirgichning nochiziqli siljish koeffitsienti, Foydali ish koeffitsienti, Shovqin kuchlanishi va shu kabi boshqa parameter va xarakteristikalari bu kurs loyihasida ishlanmadi. Buning boisi, texnik masalada bunday shartlar qo’yilmagan. Bu mustaqil ishni loyihasini tayyorlash davrida analogli elektronika bo’yicha bilimlarni chuqurroq o’rgandim. Yana ham aniqroq aytadigan bo’lsam, Past Chastotali Kuchaytirgich haqida ko’p kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Worpench dasturi yordamida elektr zanjirlarini modellashtirish va uni ishlatish kabi bilimlarni va ko’nikmalarni o’zimga qabul qildim.

Elektronika yangiliklar:
Joriy yilning 27-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi fizika fani boʻyicha yangi elektron darsligini taqdim etdi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021-yilda fizika va chet tillarini oʻrganishni ilm-fan yoʻnalishida ustuvor yoʻnalish etib belgilab berdilar.
“Agar tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos boʻlganini koʻramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi”, - deb taʼkidlagan edi davlatimiz rahbari.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻqituvchilari hamda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati bilan hamkorlikda fizika fani boʻyicha yangi elektron darsligini yaratish ustida ish olib borilmoqda.
Darslikni yaratishda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati raisi oʻrinbosari, texnika fanlari doktori, professor Muhitdinov Muhsin Moʻminovich, hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari Norqobilov Farhod, Qutlimurodov Bekmurod, Mirgʻiyozov Mirjambil va Fayziyev Ibrohimlar ish olib borishmoqda.
Elektron darslikning asosiy maqsadi oʻquvchilarning fizika faniga boʻlgan qiziqishini oshirish va oʻqitish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, yangi elektron darslik oʻquvchilarning bilim olishlari uchun qoʻshimcha manba sifatida xizmat qiladi.
Yangi loyiha odatiy oʻquv darslariga qatnasha olmaydigan nogironligi bor oʻquvchilar uchun uy sharoitida fizika fanini mustaqil oʻrganish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, mamlakatimizning chekka hududlarida ham fizika fanini samarali oʻqitish imkoniyati yaratiladi.
Elektron darslik oʻquvchilarga maktab darsligida berilishi imkoni boʻlmagan maʼlumotlarni yetkazish mumkin. Abituriyentlar darslikdan oliy taʼlim muassasalarining kirish imtihoniga tayyorgarlik koʻrishlari uchun yordam beradi. Darslik elektron boʻlgani uchun uni muntazam yangilab va toʻldirib borish imkoniyati mavjud.
Fizika boʻyicha elektron darslik maʼruza matni, video darslar, taqdimotlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari va testlardan iborat.
Maʼruza matnlari qoʻshimcha maʼlumotlar, mavzuga oid rasmlar va animatsiyalar bilan boyitilgan.
Oʻquvchilar topshiriqlar, test va laboratoriya ishlari yordamida nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar.
Elektron darslikdagi har bir mavzuni tushuntiruvchi video darslar, koʻp yillik bilim va tajribaga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻtilgan. Video darslarda alohida zamonaviy texnologiya va laboratoriya jihozlaridan foydalanilgan.

Videoroliklar:
1. https://youtu.be/4iLGaqRV8ew
2. https://youtu.be/4VE8ogM8BCE



Yüklə 125,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin