To’qima haqida ma’lumot


TO’QIMALARNING FIZIOLOGIK VA REPARATIV REGENERATSIYASI



Yüklə 186 Kb.
səhifə2/5
tarix15.11.2023
ölçüsü186 Kb.
#132579
1   2   3   4   5
TO’QIMA HAQIDA MA’LUMOT

TO’QIMALARNING FIZIOLOGIK VA REPARATIV REGENERATSIYASI
To`qima va organlarda o`layotgan hujayralar hamda hujayra shakliga ega bo`lmagan tuzilmalar doim, butun hayot davomida qaytadan tiklanib turadi. Bu jarayon fiziologik regeneratsiya deb atalib, turli to`qimalarda turlicha kechadi. Mitoz bo`linish xususiyatiga ega bo`lgan, differentsiallashgan hujayralarga boy to`qimalarda fiziologik regeneratsiya juda aniq ko`rinadi. Masalan, teri va ichak epiteliysida, qon shaklli elementlari hosil bo`lishida, biriktiruvchi to`qima hujayralarida, mushak to`qimasida fiziologik regeneratsiya ancha tez boradi. Nerv to`qimasida fiziologik regeneratsiya bo`lish-bo`lmasligi to`liq aniqlanmagan. So`nggi yillar ma’lumotiga ko`ra nerv to`qimasida fiziologik regeneratsiya jarayoni kechsada, lekin mushak to`qimasidagiga nisbatan sustroq kechadi. To`qimalarning shikastlangandan so`ng qaytadan tiklanishi reparativ regeneratsiya deyiladi. Reparativ regeneratsiya hamma to`qimalarga xos jarayondir. Reparativ regeneratsiya bir necha yo`l bilan boradi.
1. Regeneratsion gipertrofiya. Bu yo`l bilan boruvchi regeneratsiyada a’zoning massasi hujayralarning bo`linishi yoqi ularning gipertrofiyasi (kattalanishi) natijasida qayta tiklanadi. Bu tipdagi regeneratsiya yuqori tabaqali hayvonlarning jigar, buyrak va ayrim boshqa a’zolariga xosdir.
2. Hujayra proliferatsiyasi. Bu xil yo`l bilan boradigan regeneratsiyada organning shikastlangan joyi hujayralar bo`linishi hisobiga qayta tiklanadi. Masalan, me’da-ichak yo`li epiteliysi bunga misol bo`la oladi.
3. Hujayra ichi regeneratsiyasi. Bu tipdagi regeneratsiyada hujayra organellalarining hajmi va soni ortish hisobiga hujayra hajmi ham ortadi va natijada organ yoki to`qimaning ham hajmi qayta tiklanadi. Masalan, yurakning mushak qavati, neyronlarda.
Epiteliy, biriktiruvchi va silliq mushak to`qimalari juda tez qayta tiklanadi. Ko`ndalang-targ`il mushak tolalari esa ma’lum sharoitdagina qayta tiklanishi mumkin. Nerv to`qimasida qayta tiklanish juda ham sust boradi.

Yüklə 186 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin