To’rt bo’yoq muammosi



Yüklə 458,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix10.04.2022
ölçüsü458,07 Kb.
#115217
1   2   3   4   5   6
To’rt bo’yoq muammosi

Ключевые  слова:  мышление,  мыслительные  процессы,  анализ,  синтез,  логическая  задача,  числовая 

связь. 

Keywords: Thinking, thinking processes, analysis, synthesis, logical problem, numerical connection. 

Agar  o’quvchi,  hech  bo’lmaganda  bir  marta  o’zi  mustaqil ravishda birorta  matematik 

masalani  hal  qilsa,  u  albatta,  unutilmas  hayajonli  damlarni  boshidan  kechiradi  va  g’alaba 

nashidasini  suradi.  Bunday  “kichik”  g’alabalar,  ayniqsa  bolalik  chog’ida  yuz  bersa,  inson  bu 

onlarni    hayotining  oxirigacha  xotirasida  saqlab  qoladi.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining 

matematika  faniga  qiziqishlarini  oshirish  o’ta  muhim  masalalardan  biri  bo’lib,  ushbu  ishda 

matematika  darslarida  “To’rt  bo’yoq  muammosi”ga  oid  masalalarning  muhim  ahamiyatini 

yoritishni maqsad qilib oldik. 

Rang insonni nafaqat shodlantiradi, balki uni g’azablantirishi, tashvishga  solishi, g’amgin 

qilib qo’yishga ham qodir. U ruhiyatimizga katta ta’sir ko’rsata oladi. 

Ba’zi ranglar xotirjamlik bersa, boshqalari aksincha, tashvishga soladi.  Yashil, havorang, 

ko’k ranglar tasalli   beradi,  pushti,  qizil,  sariq, olov  ranglar esa  asabni    qo’zg’atuvchi  ranglar 

turkumiga kiradi. 

Bayram tantanalarida ranglar yanada ulkan ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan,  qizil rang  –  

tantanavorlik  va  buyuklikni,    qora    rang    –    g’am  –  g’ussani,  oq  rang    –    ozodlik  va 

benuqsonlikni, yashil rang –  orzu - umidni bildiradi.  

I.  Gyote  shoir  sifatida  ishonarli  qilib  ranglar  ta’siri  ustida    tadqiqot  o’tkazdi  va  yashil 

rangda  saxiylik,  tinchlantiruvchi,  ko’z  va  ruhni  dam    oldiruvchi  xususiyatlar  mavjudligi:  ko’k 

rangda  sovuq  ayozni  eslatuvchi,  qizil  rangda  dahshatga  soluvchi  xususiyat  bor  ekanligini  o’z 

kechinmalarida seza oldi. 




 

I.  Gyote  bir  manzaraning  o’zini  yashil,  sariq,  qizil  va  shu  kabi  rangli  shishalar    orqali 



ko’zdan  kechirib,  odamning  ruhiy  holati  o’zgarishlarini  kuzatib,  qizil  rang  va  uning  turli 

birikmalari    –    qo’zg’atuvchi,  qizdiruvchi,  jonlantiruvchi,  faollashtiruvchi,  quvvatbaxsh,  sariq 

rang    –    iliq,  tetiklantiruvchi,  quvontiruvchi,  jozibador,  olov  rang    –    quvnoqlik,  xurramlik, 

alangali  va  xayrli  sezgilarni  keltirib  chiqaradi,  deb  hisoblanadi.  Yashil  rang  va  uning  boy 

birikmalari  osoyishtalik,  bahuzurlik  va  tinch  kayfiyat  baxsh  etadi.  Ko’k  rangni  olaylik,  u 

jiddiylik, musibat, g’am – g’ussa, ko’ngilchanlik va osudalikni anglatadi. Binafsha rang, qizil va 

ko’k ranglar keltiradigan hissiyotlar birikmalari bilan ta’sir etib, ayni bir paytda o’ziga jalb qilib, 

quvontiradi. 

Bolada  rang  tushunchasi  (yashil  ko'kat,  zangori  daryo,  sariq  quyosh,  qizil  gul  va  h.k.) 

qanchalik  tor  bo’lsa,  u  ulg’aygunga  qadar  “bolalarcha  idrok”  qamrovida  qolaveradi.  Aksincha, 

rang birikmalarining xilma - xillik doirasi kengaya borgan sari, idrokning tahlil qilish xususiyati 

ziyraklashadi va tanlov  imkoniyatlari ham oshib boradi. 

Shularni  hisobga  olgan  holda    ushbu  ishda  matematika  darslarini  tashkil  etishda 

ranglarning  insonning  ruhiy  holatiga  ta’sirini  aniq  tushungan  holda  dars  materiallarini 

ko’rgazmali  tashkil  etishda  va  yoshlarning  matematikaga  qiziqishlarini  uyg’otishda, 

rivojlantirishda, fan asoslarini o’zlashtirishda o’qituvchi e’tibor berishi muhim deb hisobladik.  

Masalan,  2-sinf  Matematika  darsligining  97-betidagi  masalani  yechish  bo`yicha  o’z 

tavsiyalarimizni bayon qilamiz.  




Yüklə 458,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin