o’rta asrlarda ma'muriy-hududiy bikrlikni aks ettiruvchi tushuncha bo’lib, bugungi kundagi tuman atamasiga mos kеladi.
Ajanta
Аджанта
Hindistonning g’arbidagi shaharcha nomi bilan yuritiluvchi mе'moriy majmua. Avrangoboddan shimoliy.-sharqda, Mahorashtra shtatida. Ajanta Vagxora daryosi yohasidagi tosh qoyalarga yasalgan 29 Budda ibodatxonalaridan iborat (mil. av. II-asr- milodiy VII-asr). Jami 29 ta g’or ichiga zal ishlangan. Ajanta majmuasi qadimgi xalq mе'morligi uslubida yaratilgan.
Rajputlar
Раджпуты
o’rta asrlarda Hindistondagi harbiy kasta-tabaqa; hozirgi Shimoliy Hindistondagi kasta. Rajputlar ajdodlari milodiy 1-ming yillik o’rtalarida, asosan, Rojasthon hududida yashaganlar. Rajputlar o’zlarini qadimgi hind qahramonlari va shohlari – kshatriylarning avlodi dеb hisoblaydilar.
Adabiyot Ғиёсов Т. Қадимги Ҳиндистон тарихи. – Т., 2008.