51
Texnika xavfsizligi qoidalari
1.Informatika xonasini beton polli xonalarga yoki binoning erto'lalariga
joylashtirish qat'iyan ta'qiqlanadi va sinf xonasining poli elektr tokini
o'tkazmaydigan qilib (masalan taxtadan) yasalishi va barcha kompyuterlarning
korpuslari yerga ulanishi (yoki elektr ta'minotining yevroandozalarga moslab
ulanishi) talab qilinadi.
2. Yuqori kuchlanish (220 Volt) yuradigan simlarning barchasi, shu jumladan
uzaytirgichlarning, kompyuter va boshqa elektr qurilmalarining elektr ta'minotiga
ulanish simlarining ikki marta izolyasiya qilinganligi talab qilinadi.
3. Xonadagi kompyuterlarni devor bo'ylab yoki xonaning o'rtasiga ikki qator qilib
joylashtirilishi kerak
4. Xonadagi barcha kompyuterlarni elektr tarmog'idan uzuvchi yagona uzgich
ham bo'lishi kerak.
5. Kompyuter monitori o'tirgan o'quvchilarning ko'zlari darajasida bo'lib,
o'quvchilar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo'lgan masofada o'tirishlari
imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak.
6. Kompyuterning klaviaturasi o'tirgan o'quvchilarning bukilgan tirsaklari
darajasida bo'lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan
yetarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo'lishlari kerak.
7. Kompyuterda muttasil ishlash vaqti o'quvchilar uchun 60 minutdan ortmasligi
kerak.
8. Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan kompyuterlar
sonidan kamida 6 marta ko'p bo'lishi kerak.
9. Kompyuter xonalari yetarli quvvatga ega ventilyasiya tizimiga ega bo'lishi
kerak.
10. Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda
qolishi va unda chang yig'ilib qolishining oldini olish lozim