23
Ko’rgazma
yaratilayotganda
har
bir
varaqani
boshqariluvchi matnlar bilan to’ldirish mumkin.
Namoyish
Namoyish etish rejimi ko’rgazmaning oxirgi ko’rinishini
qurish uchun mo’ljallangan. Bu rejimda slaydlar ekranga
ketma
ket
chiqariladi.
Namoyish
etish
tartibi
ko’zlanayotgan maqsadga qarab o’rnatiladi. Yuqorida
qayd etilganlarning barchasi namoyishdan avval tayyorlab
qo’yiladi.
1.3. Prezentatsiya yaratish bosqichlari
Matnni kiritish va tahrirlash.
Siz "Мастер автосодержание" dan foydalangan va prezentatsiyadagi
matnlarni kiritmagan bo’lsangizda, siz Master taklif kilgan matnni
o’zgartirish, tahrirlash va ba'zi joylarini foydalanuvchi matni bilan
almashtirishingiz mumkin. Bu ishni har bir slayd uchun alohida yoki
struktura rejimiga o’tib, alohida slaydlar matni bilan bir qatorda to’liq
prezentatsiya matnini tahrirlashingiz mumkin. Struktura rejimida matnni
kiritish, tahrirlash va o’rnini almashtirish, shu jumladan slayddan slaydga
o’tkazish va nusxalash mumkin.
Slaydda matn yaratish (yozish) uchun quyidagi algoritmni qo’llaymiz.
1."Рисование" asboblar oynasida "Текст" tugmasini ajratish.
2. Matn yozish uchun zarur maydon hosil bo’lguniga qadar, kursorni
slaydga o’tkazish.
3. Ajratilgan (ramka bilan) maydonda matnni terish.
4. Matn yozilgan maydonni sichqoncha ko’rsatkichi yordamida
slaydning kerakli joyiga o’tkazish.
Shriftni o’zgartirish uchun matnni ajratib, "Форматирование" oynasi
yordamida matnning ko’rinishi, shrift kattaligi, rangi va hokazolar
tanlanadi.
|