27
4. Annotatsiya matnini kiriting.
5. Matnli annotatsiya yaratishni tugatish uchun slaydning ixtiyoriy joyiga,
yoki boshqa matnli blok kiritish uchun qaytib, "Текст" tugmasiga
sichqoncha tugmasini bosing.
&2. MS Power Point grafik muharriri
Grafik obrazlarni qo’yish.
Matn va diagrammalar kiritib bo’lingach, har bir slaydni qayta ko’rib
chiqish kerak. Ba'zi slaydlarga kiritilgan izohlar prezentatsiya mohiyatini
auditoriyaga yetkazishda katta yordam berishi mumkin.
"Рисование" asboblar oynasidagi "Текст" tugmasini ishlatib, slaydning
ixtiyoriy joyida shu mavzuni yorituvchi matnlarni annota tsiyalar
ko’rinishida kiritish mumkin. Bundan tashqari bu qadamda "Рисование"
asboblar oynasidan foydalanib, slaydlarni rasmlar bilan to’ldirishingiz
mumkin. Oddiy holda annotatsiya bu biror diagrammani yorituvchi va u
bilan chiziq orqali bog’langan matndir. Lekin POWER POINT muhitining
kuchli grafik vositalari yordamida ancha murrakab grafik obrazlarni ham
yaratish mumkin.
Agar siz rasmlar chizishda qiynalayotgan bo’lsangiz, ko’plab ta yyor
rasmlardan iborat bo’lgan "Сервис" menyusining "Автографика" bo’limi
yordamida chaqiriladigan POWER POINTning grafiklar kutubxonasi
"Рисунок"dan foydalanishingiz mumkin. POWER POINTda rasmlar
kategoriyalarga bo’linadi.
|