Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter



Yüklə 332,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix11.11.2023
ölçüsü332,54 Kb.
#131910
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu. Akramov Nodirbek



 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI KOMPYUTER 
INJINIRINGI FAKULTETI
KI-12-22S GURUH TALABASI
AKRAMOV NODIRBBEK 
 
“Kiberxavfsizlik asoslari” fani
 
MUSTAQIL ISHI -1 
 
Bajardi: 
 
 
 
Akramov N. 
Tekshirdi:
 
 
 
Elmurodova B. 


 
 
 
REJA: 
1-Mavzu. Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar tahlili. 
2-Mavzu. Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari.
3-Mavzu. Enigma shifrlash mashinasi va uning bardoshligi.
4-Mavzu. Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda antivirus, 
IDS, IPS, TE vositalarining o‘rni.
5-Mavzu. Zararli dasturiy vositalarni klassifikatsiyasi va himoya 
usullari.


1-Mavzu. Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili. 
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari» O‘zbekiston Respublikasining qonuni. 
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini
har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va 
saqlash huquqlari ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda 
shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: axborot — manbalari va taqdim 
etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborot mulkdori — o‘z mablag‘iga yoki boshqa qonuniy yo‘l bilan 
olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki 
jismoniy shaxs; axborotni muhofaza etish — axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini 
olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari… hakazolar. 
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi» O‘zbekiston 
Respublikasining qonuni. Toshkent shahri, 1994 yil, may.
Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, 
ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar 
bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston 
Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Ushbu Qonunda qo`llaniladigan asosiy tushunchalar:
 
ma’lumotlar bazasi - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda еlektron hisoblash mashinalari (EHM) 
yordamida topish va ishlov berish mumkin bo`ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar 
(masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui; 
EHM uchun yaratilgan dastur - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish 
maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun 
mo`ljallangan ma’lumotlar va ko`rsatmalar majmui;
boshlang`ich matn - birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan 
matn;
ob’ekt kodi - boshlang`ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga kelgan 
dastur;
EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilyatsiya qilish - EHM uchun yaratilgan dasturning 
tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o`rganish maqsadida ob’ekt kodini boshlang`ich matnga 
aylantirishni o`z ichiga oladigan texnikaviy usul; 
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi - yuzaga kelgan 
muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ishlashini 
ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda (dekompilyatsiya qilish oqibatida) 
muallifning boshlang`ich matni o`zgarishiga olib kelmaydigan qo`shimchalar kiritish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta ishlash) - 
ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang`ich matn o`zgarishiga olib 


keladigan har qanday tarzda o`zgartirish;
“Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti veb-
saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar 
soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni 
ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan 
sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta 
platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, 
eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, 
innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va 
tadbirkorlik sub’ektlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy 
bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda 
“xavfsiz axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Yüklə 332,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin