Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə134/145
tarix28.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#125997
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   145
Majmua Akademik yozuv oxirgi

Komstruktiv Parafraza.
Ushbu parafraza asl tilidagi matn boshqa tilga tarjima qilinganida yuz beradi. Odatda ko'pgina tarjimalar tarjima parafrazalaridir, chunki ba'zi bir iboralar, so'zlar va sintaksisni o'zgartirish kerak, shunda matn asosiy g'oyalari bilan yangi tilda tushuniladi. Shunday qilib, tarjima bir tildan ikkinchisiga (masalan, ingliz tilidan ispan tiliga) amalga oshirilganda, ispan tili tushunchasiga mos keladigan o'zgarishlar yoki kichik o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
Tushunish parafrazasi
Tushunish parafrazalari ma'lum bir mavzuni parafraza so'zlari bilan tushuntirish uchun ishlatiladi. Xulosa qilish yoki murakkab mavzuni tushuntirish haqida gap ketganda, bu juda keng tarqalgan deb aytish mumkin. Bu murakkab matn yoki mavzuni yodlash uchun ishlatiladi. Xulosa qilib aytganda, nimanidir o'z so'zlaringiz bilan tushuntirish haqida.
Mustaqil ta’lim:

  1. Tushuntirish xati va uning zaruriy qismlari, namuna keltiring.

  2. Monolog haqida ma’lumot bering.

  3. Tavsifnoma va uning zaruriy qismlari, namuna keltiring.

30 –mavzu: Ilmiy matinda dallilar, obyektlar, jarayonlar va xulosalarning berilishi
Ilm-fan deyilganda, asosan ma’lum bilim turlari tushuniladi, shuningdek maxsus vazifasi bilim olish, to‘plash, tekshirish va ularni haqqoniyligini mantiqiy hamda tajribaviy usullar bilan isbotlash kabi inson va jamiyat faoliyati, “fan”ga ta’rif sifatida qabul qilinishi mumkin. Fan – hodisalarning ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganadi, shu tufayli fan hodisalarni oldindan ko‘ra oladigan, bashoratchilik funksiyasiga ega.Fan, jamiyatning yuqori, taraqqiyotini belgilasa, bunga aloqador millat esa zamonaviy sivilizatsiyani belgilab beradi. Shunga qaramasdan ilm-fani umuman yo‘q xalqlar ham mavjud – Avstraliya aborigenlari, Janubiy Amerikadagi ba’zi hindu qabilalari. Ushbu fikr nisbatan olingan, sababi yuqorida ko‘rsatilgan xalqlar ilmiy bilish metodlari, xususan kuzatish, o‘lchov, tajriba va shu kabi metodlardan primitiv holda bo‘lsa ham foydalanishgan.Ilm – kishining o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba natijasida orttirgan bilishi. Ilm – ob’ektiv hodisa qonunlarini o‘rganadi va oldindan ko‘ra oladi. Insonlarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari, ya’ni voqelikni inson tafakkurida aks etishi – bilimdir.Insonning moddiy dunyo to‘g‘risidagi bilimi nisbiydir, u doimo kundalik tajriba, kuzatishlar orqali to‘planib, rivojlanib turadi.Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Dastlabki bilimlar amaliy tavsifga ega bo‘lgan. Benihoya serqirra bo‘lgan fanda, u bajaradigan quyidagi uchta funksiyani alohida ajratib ko‘rsatish lozim:fan madaniyat tarmog‘idir; fan dunyoni bilish usulidir;fan maxsus institutdir (bu tushunchaga oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda ilmiy jamiyatlar, akademiyalar, laboratoriyalar va boshqalar kiradi).
Fan quyidagi xususiyatlarga ega:
- universalllik – tadqiq etilayotgan ob’ekt to‘g‘risida mavjud bilimlarni ular qanday olingan bo‘lsa, shunday holatga taqdim etadi;
- fragmentarlik – ob’ektiv borliqning jamini emas, balki unga xos ayrim fragmentlarni yoki ularning parametrlarini o‘rganadi. Fan o‘z navbatida alohida predmetlarga bo‘linadi;
- umumahamiyatlilik – olingan bilimlar barcha insonlar uchun foydalidir, chunki fan tili yagona bo‘lib, u odamlarni birlashtirishga harakat qiladi;
- tizimlilik – fan bir-biri bilan bog‘lanmagan qismlardan tashkil topgan emas. U o‘ziga xos tartibga egadir;
- sinalganlik – xulosalar ma’lum qoidalarga binoan tekshirilishni talab qiladi va undan o‘tkaziladi;
- ratsionallik – bilimlar oqilona ish yuritish va mantiq qonunlariga tayangan holda olinadi, empirik daraja chegarasidan o‘tuvchi nazariyalar va ularni asoslarini shakllantiradi.
Tabiiy-ilmiy bilishning shakllariga – nazariy tizimning muhim elementlari hisoblangan muammo, gipoteza, nazariya, prinsiplar, kategoriya hamda qonunlar kiritiladi.
Muammo – tadqiqotchi tomonidan anglangan, mavjud bilimlar javob bera olmaydigan masalalardir. Ilmiy muammoni to‘g‘ri tanlash juda muhimdir.
Ilmiy gipoteza – bu haqiqiyligi yoki noto‘g‘riligi hali isbotlanmagan bilimlardir. Gipoteza ilmiy tadqiqot jarayonini ma’lum yo‘nalishda yo‘naltiradi, yangi-yangi dalillarni va ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi.
Nazariya – haqiqatligi isbotlangan bilimlardir. Nazariyaning gipotezadan asosiy farqi, uning tasdiqlanganligi, isbotlanganligidir. Nazariya muayyan shaklda rivojlangan ob’ektiv borliqning asosiy tomonlari munosabatlarini bilish jarayonida kelib chiqqan, boy, chuqur ma’nodagi bilimlar yig‘indisidir. Nazariyaning asosiy elementi – uning prinsiplari va qonunlaridir.
Prinsiplar – nazariyaning eng umumiy va fundamental holatidir.
Fanlar qonunlari – o‘rganilayotgan hodisa, ob’ekt va jarayonlarning umumiy aloqalarini nazariy tasdiqlar shaklida qayd etadi.
Fanlar kategoriyalari – nazariyaning eng umumiy va muhim tushunchalari bo‘lib, u nazariya ob’ektining va predmetining xususiyatlarini harakterlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, nazariya miqdor va sifat jihatidan o‘zgarib tursa ham, u ilmiy bilimlarning eng muvozanatli shakllaridan biridir. Ma’lumki, yangi-yangi faktlarning to‘planishi nazariyani, uning prinsiplarini o‘zgarishga olib keladi, yangi prinsiplarga o‘tish esa o‘z mohiyati bo‘yicha yangi nazariyaga o‘tish demakdir.
Umumiy nazariyalardagi o‘zgarishlar nazariy bilimlar tizimida sifatiy o‘zgarishlarga olib keladi, natijada ilmiy inqilob ro‘y beradi. Ilm-fandagi mashhur ilmiy inqiloblar N.Kopernik, I.Nyuton, A.Eynshteyn kabi buyuk olimlarning ismlari bilan bog‘liq.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin