Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Takrorlar yordamida birikish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə23/145
tarix28.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#125997
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145
Majmua Akademik yozuv oxirgi

3.Takrorlar yordamida birikish. Birinchi gapda qo‘llangan ayrim affikslar, so‘z, so‘z birikmasi yoki gaplarning keyingi komponentlar tarkibida takroran qo‘llanishi orqali matn shakllantirilishi mumkin. Takror usulidan aytilayotgan fikrni alohida ta’kidlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq ifodalash maqsadida foydalaniladi. Nutqning ta’sirchanligi ortadi. «Leksik takrorlar, olmoshlar va sinonimlar yordamida hosil qilinadigan aloqa zanjirli aloqa, bir xil grammatik formalar bilan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi komponentlar yig‘indisidan tashkil topadigan aloqa parallel aloqa deyiladi.» 3
-Janoblar, siz bu erga turli mamlakatlardan kelgansiz. Siz turli millat, turli xalqlarning vakillarisiz. Bu erda hech mamlakat, hech bir xalqning vakili bo‘lmagan yolg‘iz menMen hamma xalqlarning, hamma mamlakatlarning vakiliman. Men she’riyatman. Men butun olamga teng nur sochuvchi oftobman. Men hamma o‘lkalarga teng yog‘uvchi yomg‘irman. Men dunyoning hamma erida teng gullaguvchi daraxtman (R.Hamzatov).
Turmush tashvishlari,
Turmush tashvishlari,
Biz sendan balandroq tura olsaydik,
Biz sendek balandroq yura olsaydik,
Balki o‘ng‘ayardi dunyo ishlari,
Turmush tashvishlari,
Turmush tashvishlari. (A.Oripov)
Takrorning bir necha ko‘rinishlari bor, ular ham matn tashakkulida uslubiy vazifa bajaradi: Alliteratsiya,assonans,anafora, epifora kabilar. Alliteratsiya deb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga aytiladi. Assonans esa unli tovushlarning takrorlanishidir. Anafora deganda so‘z yoki so‘z birikmalarining she’riy misralar boshida takrorlanishi tushuniladi. Epiforada esa misralar oxiridagi so‘z yoki qo‘shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matnning kompozitsion butunligi uchun xizmat qiladi.
Takrorlar qo‘llanish o‘rniga ko‘ra gorizontal va vertikaltakrorlarga bo‘linadi. Bunday takrorlar ayniqsa, she’riy matnlarda o‘ziga xos ohangdorlikni yuzaga keltiradi. Takrorlanuvchi birlikning qaysi turkumga mansubligiga ko‘ra ot takrorisifat takroriolmosh takrorife’l takrori kabilarga bo‘linadi. Sintaktik tabiatiga ko‘ra so‘z birikmasi takrori va jumla takrori ham farqlanadi. Mazkur birliklarning joylashish tartibiga ko‘ra ham tasnif qilish mumkin: simmetrik takror va asimmetrik takror. SHuningdek, o‘rtadagi masofasiga ko‘ra ham guruhlashtirish mumkin: yaqin o‘rinli takroruzoq o‘rinli takror. Badiiy asarlarda ma’lum bir fikrning turli shakllarda takrorlanishiga qarab mazmuniy takror turini ham kuzatishimiz mumkin.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin