Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə58/145
tarix28.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#125997
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   145
Majmua Akademik yozuv oxirgi

Tarjimayi hol namunasi:


T A R J I M A Y I H O L

Men, Sobirov Nodirbek Nozimjon o‘g‘li, 1993-yil 27-iyunda Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam –Nozimjon Raxmatovoch Sobirov, viloyat yo‘l qurilishi boshqarmasining bosh muhandisi, Onam –Nasiba Sodiqo‘vna Nomozova, 18-o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar.

2000-2001-yilarda Buxoro shahridagi 18-maktabda o‘qidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Ona tili va adabiyot fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni egallaganman. Tennis bo‘yicha respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni olganman.

9-sinfni tugatib, 2001-yilda Buxoro davlat universitetining akademik litseyiga o‘qishga kirdim. 2011-yilda Buxoro davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdim. 2014-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, O‘zbekiston jahon tillar universitetining “Xorijiy jurnalistika” mutaxassisligi bo‘yicha davlat budjeti asosida magistraruraga qabul qilindim. 2016-yili magistrlik diplomiga ega bo‘ldim. Shu yildan boshlab O‘zAda muxbir lavozimida ishlayapman.

Uylanganman. Turmush o‘rtog‘im – Sobirova Laylo, 1997-yilda tug‘ilgan. Buxoro tibbiyot institutining 2-kurs talabasi.

Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi, 51-uy.
2018-yil 21-may (imzo) N. Sobirov.

A R I Z A

Arizaning yozilish shakli:

Ariza yozuvchining turar joyi, lavozimi, to‘liq nomi

Meni (yoki menga) ________________________________________
_____________________________________________________________
___________________________________________ so‘rayman.


Sana (yil, kun, oy)

I.O. va familiyasi

Imzo



TDTU rektori

prof. S.M. Turabdjanovga

EAF, 32-16 guruhi

talabasi Botir Sobirovich Hamidullayevdan
Ariza

Sog‘ligim yonlashganligi va uzoq muddat davolanishim zarurligi tufayli menga 2018-yil 1-sentabrdan bir yillik o‘quv (akademik) ta’tili berishingizni so‘rayman.

Arizamga tibbiyot muassasasining xulosasi ilova qilindi.

2018.28.08. (imzo) B.Hamidullyev


TDTU rektori

prof. S.M. Turabdjanovga

EAF, 40-16 guruhi

talabasi N.Choriyevdan

Ariza

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotganligim va xususiy xonadonda ijarada yashayotganimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko‘rsatishingiz so‘rayman.

2018.05.11. (imzo) N.Choriyev


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin