Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: yozma shakl og`zaki shakl Publisistika - lotincha. «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi. Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati - muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va b.
U s l u b i ya t tilshunoslik fanining bir bo'limi bo'lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo'llanish yo'llari, fonetik, lug'aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo'llanish xususiyatlari o'rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo'llanadigan, bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan ko'rinishi adabiy til uslubi deyiladi. O'zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor:
So'zlashuv uslubi- bu uslubning adabiy til me'yorlariga rioya qiladigan ko'rinishi adabiy so'zlashuv uslubi nutk ko’pincha dialogik nutq deyiladi.So'zlashuv uslubida ko'pincha turli uslubiy bo'yoqli so'zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do'ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol! So'zlashuv uslubida gapdagi so'zlar tartibi ancha erkin bo'ladi, piching, qochiriqlar, kinoyalar ko'plab ishlatiladi. Ko'proq sodda gaplar, to'liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
So’zlashuv uslubi. Bu uslub nutq uslublari ichida eng ko’p ishlatiladigan uslubdir. U asosan og’zaki ko’rinishda bo’ladi. So’zlashuv uslubida nutq birliklaridan erkin foydalaniladi. Aksariyat hollarda Grammatik talab buzilishi mumkin. Asosiy e’tibor mazmunni tinglovchiga yetib borishi hisoblanadi.
Bu uslub ikki turga bo’linadi:
Oddiy so’zlashuv uslubi.
Adabiy so’zlashuv uslubi.
Oddiy so’zlashuv uslubi xalq orasida keng ishlatiladigan og’zaki nutq uslubidir. Unda so’zlovchi talaffuz erkinligiga ( obke-olib kel; zaril-zarur; na’lat-la’nat), Grammatik shaklga amal qilmaslik ( Bordim kecha-kecha bordim) huquqiga ega. So’zlashuv uslubida obrazli ifodalar (oppoq, lo’ppi-lo’ppi paxtalar; shirasi chak-chak tomadi-ya), frazeologik ifodalar (ammamning buzog’iga o’xshaydi, bo’shashgan; og’zi qulog’ida, eshak mingan mulla; qo’rqqanga qo’sha ko’rinar va boshqa), maqollar (avval iqtisod, kiyin siyosat; sabrli bo’lsang, o’sarsan, sabrsiz bo’lsang, to’zarsan) so’roq olmoshi (Kim?, Nima?, Qachon?, Qayerda?), so’roq ohangi (Borganmidi? Borku?), so’roq yuklamasi(-mi, -ku) va so’roq gaplari to’liqsiz gaplar (Olmadim, ko’rdim xolos; Bo’pti, ertaga olarman ), so’z galar (aytdi, ertaga, ancha va hakozo), soda gaplar( Men borib keldim, Magazindan oldim), shevaga xos so’zlar( narvonni oldi-shotini oldi; manga ayttti-menga aytdi, apke-olib kel, ishni chayib qo’ydi-ishni buzib qo’ydi), takror so’zlar ( kelib-kelib sanga aytdimi; yurib-yurib sheka keldi; turib-turib qayttim) qarg’ish, haqorat, kamsitish kabi noestetik so’zlar (la’nati, yer yutgur, ahmoq)dan ko’p foydalaniladi. Bu uslubda nutq asosan dialog shaklida bo’lib , muhit, imo-ishorakabi tildan tashqari(paralingvistik) vositalar ham keng qo’llaniladi.
Oddiy so’zlashuv uslubidagi mazkur xususiyatlar badiiy adabiyotda, kino va sahna asarlarida qahramonning xarakterini ochish maqsadida ular tilidan aytiladi. Misol uchun, Olmas Umarbekovning “Yoz yomg’iri” nomli qissasidan olingan parchaga diqqat qilaylik:
“- Topiladi, - dedi bittasi og’zidagi nosvoyni na’matakka tupirib. – Odam o’ldirarmishu topilmaydimi?
Melisani o’zi bo’lib gapirasan-a, Chilton ?!-e’tiroz bildirdiikkinchi yoshrog’i. –Kecha o’lgan bo’lsa , o’ldirgan odam shu paytgacha mana man deb turadimi? Allaqachon juftakni rostlagan la’nati!
Bo’nidan orqon solib sho’tga bog’lab qo’yish kerak. Shu joyni ko’raverib ko’r bo’lsin. Boshqalar ham ko’rsin. Yaponlar shunaqa qilarmish, men senga aytsam…”
Adabiy so’zlashuv uslubi xalq adabiy tilining keng tarqalgan turi bo’lib barcha sohalarda undan keng foydalaniladi. U adabiy til normalariga mos ishlangan , tartibga solingan tildir. Kundalik o’qish, ish, ta’lim-tarbiya joylarida shu uslubga murojaat qilinadi. Bu uslub ham og’kzaki shaklda uchraydi.