Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali abonent kirish tarmoqlari fanidan



Yüklə 349,47 Kb.
səhifə1/14
tarix10.12.2023
ölçüsü349,47 Kb.
#139426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
TOLALI AMALIYLAR zafar


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI
ABONENT KIRISH TARMOQLARI FANIDAN

Amaliy ishi


Guruh: 971-19
Bajardi: Sapayev Zafar
Qabul qildi: _______________________
Urganch-2023


1-Amaliy mashg’ulot


Koaksial aloqa kabellarining tuzilishini o‘rganish


1. Ishdan maqsad Amaliy mashg ‘ulotni bajarishda talaba quyidagilarni bilishi shart.
– koaksial kabelning xili va turining qaysi tarmoqlarda qo‘llanishi va zanjirlarda uzatish chastota spektrlarini;
– kabel bo‘lagini o‘lchov natijalari asosida kabelning turi va rusmini aniqlash.


2. Amaliy mashg‘ulotni bajarishda talabaning
tayyorgarligi
Uyda Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanishda, talaba ma’ruza konspektini qo‘llagan holda va [1,2,3]-dan foydalanib, rejadagi savollarga to‘liq javob berishni o‘rganish kerak.

1. Koaksial zanjirlarni (juftlarni) aniqlash, koaksial zanjirlarining konstruktiv elementlarining nomlanishi.


Javob: Koaksial zanjir (lotin so‘zidan coaxis–bitta o‘qda) ham konstruktiv, ham elektr farqlari bilan ajralgan ikkita o‘tkazgichlardan tashkil topgan bo‘lib, bitta umumiy o‘qqa egadir
(2.1-rasm). Ichki va tashqi o‘tkazgichlar bir xil yoki har xil metallar bilan tayyorlanishi mumkin.

2.1-rasm. Koaksial kabel zanjiri.


1-ichki o‘tkazgich, 2-o‘tkazgichlar oralig‘idagi izolyatsiya, 3-tashqi
o‘tkazgich.

2. Koaksial juftlari o‘tkazgichlarining diametr nisbatlari bo‘yicha so‘nish.


Javob: Koaksial juftlarining turi ichki o‘tkazgich diametrini d mm, tashqi o‘tkazgichning ichki diametri D mm ga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Hozirgi zamon kabel aloqasida 2,6  9,5 va 2,1  9,7 koaksial juftlar turi qo‘llaniladi va ular o‘rta hajmdagi koaksial juftlar deb nomlanadi. 1,2  4,6 koaksial juftlar esa kichik xajimdagi koaksial juftlar deb nomlanadi. Katta o‘lchovdagi koaksial juftlar 5  18 va boshqalar suv osti kabellari bo‘lib, ular dengiz va daryolar tublariga yotqaziladi.
O‘rta hajmli ikkita konstruktiv variantdagi o‘tkazgich diametr nisbatlari 2,6  9,5 va 2,6  9,4 bo‘lgan koaksial juftlar 60 MGs va 25 MGs diapazon chastotalarida ishlatilishga mo‘ljallangan.
3. Koaksial juftlar tashqi o‘tkazgichining asosiy turlarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar, tashqi o‘tkazgich konstruk-siyasi.
Javob: Koaksial juftlari asosiy turlarining kesimi va ularning konstruktiv xarakteristikasi 2.2-rasmda va 2.1-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 349,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin