3. Amaliy mashg’ulot
Lokal xisoblash tarmoqlarida ishlatiladigan optik
aloqa kabellarining konstruktsiyalarini o’rganish
1. Ishdan maqsad
Amaliy mashg’ulot ishini bajarish natijasida talaba:
- “NKT”, “CORNING CABLE SYSTEM”, “OPTICABLE BELGIUM”, “DAEWOO TELECOM”, “SIEMENS” firmalarining optik kabellari turlari va rusumlarini bilishi kerak;
- optik kabellar konstruktsiyalarining elementlari va ularning vazifalarini bilishi;
- optik-tolali konnektor va adapterlarning konstruktsiyalarini o’rganishi kerak.
2. Topshiriq
2.1. Lokal xisoblash tarmoqlari uchun kabellar va shnurlarning ayrim turlarini konstruktsiyasini o’rganish.
“NKT” firmasining tashqi yotqazish kabeli.
“SIEMENS” firmasining optik shnuri.
“CORNING CABLE SYSTEM” firmasining optik shnuri.
Optik konnektor va adapterlar konstruktsiyasini o’rganish.
3. Ish joyini jixozlari
3.1. Lokal xisoblash tarmoqlari uchun optik aloqa kabellar yig’masi.
3.2. O’lchov asboblar yig’masi.
3.3. Optik adapter va konnektorlar yig’masi.
4. Ishni bajarish tartibi
4.1. O’qituvchi topshirgan optik kabelining konstruktsiyasini o’rganilsin:
- “NKT” firmasining tashqi yotqazish kabeli;
- “CORNING CABLE SYSTEM” firmasining optik shnuri;
- “SIEMENS” firmasining optik shnuri;
Tashqi koplamalardan boshlab talabalar navbatma-navbat kabel va shnurlarning konstruktiv elementlarini ajratishlari, razmerlarini o’lchab ularga tavsif berishlari kerak. Elementlar razmerlarini o’lchash va kabel, shnurlar konstruktsiyasini o’rganish natijalari bo’yicha 2.1 va 2.2 jadvallarini to’ldirish lozim.
Kabel va shnurning ko’ndalang kesimi chizmasini 10:1 masshtabda bajarilsin.
Konnektor va adapterlarning andazalarini keltirilsin.
Lokal xisoblash tarmoqlari uchun optik kabel konstruktsiyasini o’rganish
2.1- jadval
Dostları ilə paylaş: |