Ajratish tartibi
|
Kabelning konstruktiv elementlari
|
Elementlarni tavsifi va ularning o’lchovi
|
1
|
Kabel diametri, mm
|
|
2
|
Ximoya qoplamasi:
konstruktsiyasi,
materiali,
qalinligi, mm
|
|
3
|
Ichki qobig’i:
konstruktsiyasi,
materiali,
diametri, mm
qalinligi, mm
|
|
4
|
Belbog’ izolyatsiyasi:
konstruktsiyasi,
materiali,
qalinligi, mm
|
|
5
|
O’zak konstruktsiyasi
|
|
6
|
Optik modullar soni,
konstruktsiyasi,
diametri, mm
|
|
7
|
Kabel modulidagi optik tolalar soni
|
|
8
|
Kordelli to’ldirgichlar soni,
konstruktsiyasi,
diametri, mm
|
|
9
|
Markaziy kuchaytiruvchi element:
konstruktsiyasi,
materiali,
diametri, mm
|
|
10
|
Kabel rusumi
|
|
MCI kabelining asosiy parametrlari 2.7-jadvalda keltirilgan.
2.7. – jadval
Kabeldagi tolalr soni
|
Kabelning tashqi diametri, mm
|
Kabelning og’irligi,
kg/km
|
Tortilish kuchi, N
|
Eglishning
minimal radiusi, mm
|
Siqilish kuchi,
N/m
|
Qurilish uzunligi, m
|
6 dan 12 gacha
|
10.5 (15.2)
|
104
(201)
|
3000
(6000)
|
200 (300)
|
3000
|
1070
2170
|
Opticable kabellarining barcha asosiy parametrlari quyidagi standartlarni qoniqtiradi:
IEC 332-3C
IEC 794-1-E1
IEC 794-1-E4
IEC 794-1-F1
IEC 794-1-F3
6.4. “DAEWOO TELECOM” kompaniyasining stantsiyaviy kabellari
“DAEWOO TELECOM” kompaniyasi uch turdagi stantsiyaviy kabellarni ishlab chiqaradi:
Yakka yoki ikkilangan kabellar (shnurlar)
Ikkilamchi qoplamaga ega bo’lgan bir necha tolali taqsimlovchi kabellar
Tarkibida tayyor shnurlari bor kiruvchi kabellar
Tola, koidaga binoan, akrilatdan tayyorlangan birlamchi va boshqa polimer materiallaridan kilingan ikkilamchi koplamalarga ega.
DWTC – S25P1A 0,4 1310 rusumli kabelni ko’rib chiqamiz (2.11-rasm, a).
Optik tola 1 ikkilamchi qoplama 2 bilan qoplangan. Aramid pryajali qoplam 3 kuchlanish element sifatida qo’llanilgan. Kabel polivinilxloridli qobiq 4 ga ega.
Shuningdek, DWTC – S25P2A 0,4 1310 rusumli ikkilangan kabel xam bor (2.11 – rasm, b), u quyidagicha sharhlanadi:
S – bir modali tola;
25 – birlamchi qatlami 250 mkm bo’lgan tolaning tashqi diametri;
R – polixlorvinilli ikkilamchi qoplama;
1(2) – kabelda tolalar soni;
A – yonmaydigan polixlorvinilli qobiq;
0.4 – tolaning so’nish koeffitsenti, dB/km;
1310 – to’lqinning ishchi uzunligi, nm;
2.11 – rasm. a) DWTC – S25P1A 0,4 1310;
b) DWTC – S25P2A 0,4 1310
rusumli kabellar.
DWTC-S25N8A 0,4 1310 rusumli taqsimlovchi stantsiyaviy kabelni ko’rib chiqamiz (2.12 – rasm).
2.12 – rasm. DWTC-S25N8A 0,4 1310 rusumli kabel.
Kabel ikkilamchi qoplama bilan qoplangan, qoplama 2 bilan tuzilgan optik tolalar 1 ga ega. Markaziy kuch elementi 3 atrofida sakkizta tola buralgan. Kabel o’zagi aramid pryajasi 4 bilan o’rab chiqilgan va polixlorvinilli qobiq 5 bilan qoplangan.
DWTC – DAEWOO kompaniyasining ikkilamchi qoplamaga ega tolali kabeli.
Kabel rusumini sharhlanishi:
S – bir modali tola;
25 – birlamchi qoplamasi 250 mkm bo’lgan tolaning tashqi diametri;
N – neylonli ikkilamli qoplama;
8 – kabelda tolalar soni;
A – yonmaydigan polixlorvinilli qobiq;
0,4 – tolaning so’nish koeffitsenti, dB/km;
1310 – to’lqinning ishchi uzunligi, nm;
Shuningdek, DWTC-S25N18 B 0,3 1550 rusumli kiruvchi kabellar mavjud ( 2.13 – rasm).
2.13 – rasm. DWTC-S25N18 B 0,3 1550 rusumli kabel.
Kabel ikkilamchi qoplamali 2 optik tolalarga 1 ga ega. Tolalar markaziy kuch elementi 3 atrofiga ikki qatlam bo’lib buralgan. Tolalar aramid pryaja 4 iplari bilan birgalikda buralgan. Kabel tashqi qobiq 5 ga ega.
Kabel rusumi quyidagicha sharhlanadi:
DWTC – DAEWOO kompaniyasining ikkilamchi qoplamaga ega tolali kabeli:
S – bir modali tola;
25 – birlamchi koplamasi 250 mkm bo’lgan tolaning tashqi diametri;
N – neylonli ikkilamchi qoplama;
18 – kabelda tolalar soni;
0.3 – tolaning sunish koeffitsenti, dB/km;
1550 – to’lqinning ishchi uzunligi, nm;
Adabiyot
Semyonov A.B. – «Volokonnaya optika v lokalnыx i korporativnыx setyax ». – M.: Kompyuter Press, 1998. – 302 s.
Vasilev V.N. Opticheskie kabeli. Spravochnoe posobie. CH.2, Tashkent, TUIT, 2002. – 104s.
Dostları ilə paylaş: |