Talaba: Baxromxo‘jayev Xayriddin Vazifa – 1 (Psixologiya fanini boshqa fanlar bilan bog’liqligi)
Bilaman
Bilishni xohlayman
Bilib oldim
Psixologiya fani deyarli barcha gumanitar fanlar bilan chanbarchas bog’liq. Misol uchun, tarixda insonlarning dunyo qarashi, psixikasi, fikrlashi, dunyo qarashi, e’tiqodi kabi tushunchalarni aynan tarix fani bilan uyg’unlashgan psixologiyada o’rganiladi. Shu kabi sotsiologiya, falsafa, dinshunoslik kabi fanlar ham shular jumlasidan.
Psixologiyani aniq fanlar bilan qanday bog’liqligi borligini bilishni xohlayman.
Men dinshunoslik fani psixologiya bilan chambarchas bog’liq ekanligini bilib oldim.
Vazifa – 2 Tushunchalar Mazmunini
Faoliyat
Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabatidir. Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning o‘zini o‘zi maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirish usuli, inson borlig‘ining muhim xususiyatlaridan biri.
Qobilyat
Insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi.
Temperament
lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma‘noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo‘zg‘aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig‘indisi.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat.
Sezgi
Olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili.
Ijtimoillashuv
(ba‘zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atama shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta‘siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni o‘zlashtirishga moyilligi yoki o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir.
Harakter
Shaxsning voqelikka bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi uning xulq - atvori va xatti - harakatlarida namoyon bo`ladigan barqaror xususiyatlarning individual tarzdagi yig`indisi. Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqa belgilar fonida ajralib turishi va alohida rivojlanishga ega bo`lishi.
Iste’dod
Talant — nihoyatda zo‘r qobiliyat hisoblanadi. Biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya o‘sganligida, voqeahodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda ko‘rinadi.
Motiv
Inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil va ma'lum shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi.
Idrok
Tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.