Toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/58
tarix18.11.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#133088
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR

1.CloudSim platformasi
- bu bulutli hisoblash tizimlari va infratuzilmalarni 
to‘liq modellashtirish va imitatsiya qilish imkonini beradigan umumiy va 
kengaytirilgan imitatsiya vositasi. U maʻlumotlar omborini, veb-xizmatlarini, virtual 
mashinalar orasidagi resurslarni taqsimlashni va boshqalarni modellashtirishni 
taʻminlovchi GridSim platformasining asosiy funksiyalarining kengaytirilishi 
hisoblanadi. 


62 
CloudSim yadrosi xodisalarni qayta ishlash, bulutli obʻektlarni (xizmatlar, 
tugunlar, maʻlumotlar markazlari, resurslar brokerlari va virtual mashinalar) yaratish, 
tizim elementlari va simulyatsiya oqimini boshqarish va tizim elementlarining o‘zaro 
ishlashida navbatlardan foydalanishga asoslangan SimJava harakatiga asoslangan. 
Bulutli muhit modelini ishlab chiqishda, foydalanuvchi imkon qadar haqiqatga yaqin 
bo‘lgan natijalarga erishish uchun uning modelidagi kalit tarkibiy qismlarni 
takomillashtirishi kerak. 
Modellashtirish uchun platformaning asosiy obʻektlari virtual mashina va 
vazifadir. Ushbu komponentlar bulut tizimlarining turli guruhlari uchun xosdir. 
Masalan, PaaS kabi bulutli tizimlar uchun bir xil virtual mashinaga bir nechta ilovalarni 
joylashtirish odatiy xoldir. 
Modellashtirishda eng muhim komponentlar resurslarni boshqarish siyosatiga 
javob beradigan komponentlardir. Ushbu komponentlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan 
vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- modellashtirish tizimlarining turli obʻektlari uchun protsessor quvvati, operativ 
xotira va boshqa resurslarni taqsimlash
- modellashtiriladigan tizimlar tugunlarida virtual mashinalarni joylashtirish; 
- modellashtiriladigan tizimidagi virtual mashinalar orasidagi vazifalarni taqsimlash. 
Modelning ish prinsipi, platformaning zarur komponentlarini va imitatsiya tizimining 
dastlabki tavsifini va manba kodi shaklidagi imitatsiya stsenariyini bajarilishini nazarda 
tutadigan CloudSim platformasiga asoslanadi. Imitatsiyani boshlagandan so‘ng 
imitatsiya tizimi haqidagi barcha maʻlumotlar imitatsiya qilinadigan CloudSim 
yadrosiga o‘tkaziladi. 
Shuni taʻkidlash kerakki, CloudSim platformasi imitatsiya tizimida yoki 
imitatsiya stsenariylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri modelning ishlashi vaqtida o‘zgarishlarni 
nazarda tutmaydi, bu platformaning imkoniyatlariga cheklovlar ko‘yadi. 
2. 
CDOSim
. CDOSim (Cloud Deployment Options Simulator) - bu simulyator 
bo‘lib, uning asosiy vazifasi bulutli hisoblash tizimining yoki infratuzilmaning 


63 
ishlashini baholashdir. CDOSim platformasi bulutli tizimlar va infratuzilmalarni 
tarqatish uchun turli xil variantlarni taqqoslash uchun mo‘ljallangan, bu esa mavjud 
resurslardan foydalanishni optimallashtirish va bulutli hisoblash tizimining ish 
faoliyatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. CDOSim platformasi bulutli tizimlar va 
infratuzilmalarni joylashtirishning asosiy parametrlarini moslashuvchan ravishda 
o‘zgartirishi mumkin: 
- tizim resurslarini saqlash strategiyasi; 
- virtual mashina namunalarining konfiguratsiyasi; 
- hisoblash tizimini ishlab chiqish uchun ishlatiladigan apparat va dasturiy taʻminot; 
- tarmoq parametrlari. 
3. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin