29
ataluvchi tushunchaga murojaat qilish maqsadga muvofiq, zero oxirgi paytlarda bu 1.6-
rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘lishga ulgurgan.
Bulutli ekotizim
– bu birga ishlaydigan va bulutli xizmat ko‘rsatish
imkonini
beruvchi bir biri bilan o‘zaro bog‘liq komponentlarning murakkab tizimini tavsiflash
uchun qo‘llanadigan atama. ITU ning maqsadli guruhlari (FG Cloud TR, Part
1:Introduction to the cloud ecosystem: definitions, taxonomies, usecases and high-level
requirements)) ning tavsiyalariga ko‘ra, ekotizimni shakllantiruvchi bir necha
ishtirokchilar mavjud:
-
Cloud service user (CSU): bulut xizmatidan foydalanuvchilar;
-
Cloud service provider (CSP): bulut xizmatini taqdim etuvchilar;
-
Cloud service partner (CSN): bulutli xizmat hamkorlari.
Foydalanuvchini o‘zini oraliqdagi foydalanuvchilar qatoriga qo‘shishi mumkin,
ular bulut xizmatini taʻminlovchilar (CSP) tomonidan ko‘rsatiladigan
bulutli servis
oxirgi foydalanuvchilari uchun bulutli xizmatlarni amalga oshiradilar. Oxirgi
foydalanuvchilar jumlasiga shaxslar, mashinalar yoki ilovalar kiradi. Bulut xizmatini
taqdim etuvchilar – bulutda xizmat ko‘rsatadigan va doimiy yetkazadigan tashkilot.
Xizmat ko‘rsatishdagi hamkor: bulutli servis provayderining xizmatlarini ko‘rsatish
jaryonini qo‘llab turuvchi shaxs yoki tashkilot (masalan, xizmatlar integratsiyasi). 1.6-
rasmda bulutli ekotizimning ana shu ishtirokchilari aks ettirilgan.
1,6- rasm. Bulutli ekotizimdagi ishtirokchilarning roli.
CSU-bulut xizmatidan foydalanuvchilar, CSP-bulut xizmatini taqdim etuvchilar,
CSN-bulutli xizmat hamkorlari. Mazkur prinsiplarga asoslangan holda,
bulutli
30
ekotizimdagi qatnashchilarning o‘zaro taʻsirlashuvlari ssenariysini ko‘rib chiqamiz
(bulutlararo ssenariylar).
1. Bulutlararo piringli ssenariy.
Ikki provayder bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro hamkorlik qilishi mumkin.
Har bir CSP (provayder) bulutli tarmoqlararo hamkorlik uchun va o‘z API sini taklif
eta oladi va provayderlar bir-biri bilan boshqa provayderning API sidan foydalangan
holda hamkorlik qiladi.
2. Bulutlararo federatsiya bilan birgalikdagi ssenariy.
Ikki provayder o‘zaro ishonch asosida alyansga mantiqan birikishi mumkin.
Alyansda bulutli tarmoqlararo o‘zaro hamkorlik uchun umumiy API aniqlanadi va har
bir CSP boshqalari bilan umumiy API orqali birgalikdada o‘zaro hamkorlik qiladi.
3. Bulutlararo xizmatlar brokeri bilan ishlash ssenariysi
Ushbu ssenariyda CSP (provayder) bulutlar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish dalloli
(broker) rolini bajaradi, bulutli xizmat ko‘rsatish talabini bulutli xizmatlar provayderi
yoki bulutli xizmat foydalanuvchisidan o‘z APIsi orqali so‘rov oladi. Bulutlararo
xizmat ko‘rsatish va boshqa provayderlar brokeri vazifasini
bajaruvchi provayder
o‘zaro hamkorliklar bulutlararo piring yoki federatsiya tomonidan belgilanadi.
Mazkur tamoyillar asosida 1.7-rasmda qo‘llanilishi va amalga oshirilishiga oid
turli masalalarni tadqiq etishda taklif etiladigan bulutli hisoblar ekotizimi
sxemachizmasi berilgan; bu yuqorida eʻtirof etilgan
konseptual modellar bilan
muvofiqlashtiriladi hamda bulutli hisoblashlar infrastrukturasini o‘rganishda
metodologik vosita hisoblanadi.
Bulutli hisoblashlarni tashkil etishga o‘tishning birinchi bosqichi odatda
collocation hisoblanadi. Bunda kompaniya provayderning maʻlumotlarni qayta ishlash
markazi (MQIM) ga o‘z
uskunasini joylashtiradi, provayder esa aloqa kanallarini
maʻlumotlarni qayta ishlash markazi bilan ishlashini taʻminlaydi, MQIMdagi energiya
taʻminoti, ventilyatsiya, yong‘in havfsizligi, xonalardagi harorat rejimi, buyurtmachi
uskunasining jismoniy xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarini hal qiladi; Buning uchun
31
SLA da maʻlumotlarni qayta ishlash markaziga aloqa kanallari orqali kirish talabi,
kuchlanishning keskin o‘zgarishi va elektr taʻminotining yo‘qligi uchun, temperatura
rejimini saqlash uchun javobgarlik yozilgan bo‘lishi kerak.
1.7- rasm. Bulutli hisoblarning ekotizimi.
Dostları ilə paylaş: