205
- ishtirokchilar soni bittadan beshtagacha va undan ko‘pga o‘zgarib turadi,
ishtirokchilar soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha texnik, mantiqiy va maʻrifiy
murakkablik ortib boradi;
- taʻlim oluvchilarga o‘qish joylarini o‘quv dargohida emas, balki, uyi yoki ish
joyida tashkil qilish mumkin;
- o‘quv muassasalari yaqin bo‘lmagan hududlarda yashovchi talabalarga xizmat
qilishga
moslashgan;
Mustaqil taʻlim olish modeli
. Bu modelda talabalarga aniq vaqtda, aniq joyda
bo‘lish masʻuliyati yuklanmaydi. Talabalar kursning batafsil dasturi va mazmunini
ifodalovchi materiallar to‘plami bilan taʻminlanadilar hamda rahbarlik qiluvchi
savollariga javob berib, ishni baholovchi o‘qituvchiga murojaat qilish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot telefon, kompyuter
konferensiyalari, elektron va oddiy pochtalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu
modelning ko‘rsatkichlari:
- mashg‘ulotlar
auditoriyada olib borilmaydi, fanlar (kurslar) ni talabalar
dasturdagi batafsil yo‘riqlar asosida mustaqil o‘rganadilar;
- talabalar o‘qituvchi bilan ayrim belgilangan paytlardagina, boshqa talabalar
bilan esa istagan hamda belgilangan vaqtda muloqot qiladilar;
- kurs bo‘yicha barcha
materiallar bosma nashrlar,
kompyuter disklari yoki
videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy
joyda foydalanishlari mumkin bo‘ladi;
- kurs materiallari bir necha yillar davomida foydalaniladi. Bu materiallar kurs
tashkilotchilari, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida yaratilgan bo‘ladi va ulardan
barcha o‘qituvchilar uchun umumiy shaklda foydalanadi.
V. Ochiq taʻlim +Sinf modeli. Bu model kursning bosma matni va boshqa
vositalari (masalan, videoyozuv yoki kompyuter disklari)ni qo‘llashga qaratilgan. Bu
esa, talabaga, masofaviy guruh ichidagi talabalar muloqotlari tashkil etilishiga yordam
206
beruvchi interaktiv telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda, kursni
o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:
- kurs bo‘yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki
videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda yakka
tarzda yoki guruhda foydalanishlari mumkin bo‘ladi;
- kurs materiallaridan bittadan ortiq semestrda foydalaniladi va har bir o‘qituvchi
uchun farq qiladi, (masalan, uning video maʻruzasi);
- talabalar va o‘qituvchi vaqti-vaqti bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun
to‘planadilar. Bunda interaktiv texnologiyalar qo‘llaniladi (taqsimlangan sinf modeliga
mos ravishda);
- sinflardagi mashg‘ulotlar, talabalarning asosiy tushunchalarini oydinlashtirish,
masalalarni yechish ko‘nikmalarini hosil qilish, guruhda ishlash va boshqa vazifalarni
bajarishlari uchun, tashkil qilinadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat pedagogika
universitetining Termiz shahridagi bo‘linmalari,
shuningdek Termiz davlat
universitetining Denovdagi filiallarini bog‘laydigan, optik aloqa tarmoqlariga
asoslangan videokonferentsaloqa tizimi ishga tushirildi.
"O‘zbektelekom" AK tomonidan tezkor va sifatli internetga asoslangan
videokonferensaloqa tizimi uchun zarur dasturiy va tashkiliy taʻminotlar majmui ishlab
chiqildi. Oltita obʻektni qamrab olgan bu tizim 24 ta maxsus kompyuter, 24 ta veb-
kamera va mikrofonlar va maxsus rusumdagi 48 ta dinamiklar, 48 ta keng formatli
ekranlardan iborat.Natijada, bu hududda tahsil olayotgan yoshlar poytaxtda, qolaversa
jahonning boshqa mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan
peshqadam professor-
o‘qituvchilar, ekspertlardan taʻlim olish imkoniga ega bo‘ldilar.Shuningdek, joriy tizim
yangi bilim va tajribalarni tezkor yetkazish, boshqa universitetlar bilan ulanish va
tajriba almashish, taʻlimning iqtisodiy samaradorligini oshirish, o‘quv
jarayonida
audio-video, animatsiya, grafikalardan keng foydalanish, nazariyani amaliyot bilan
taqqoslash hamda ixtisosliklar bo‘yicha qisqa kurslarni tashkil qilish imkonini beradi.
207
Masofaviy taʻlim tizimi orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, tinglovchilar
uchun masofaviy malaka oshirish imkoniyatini yaratish, taʻlimning
turli interaktiv
shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishga erishish mumkin
Dostları ilə paylaş: