Tashqi o'zgarishlar korxonadan tashqaridagi muhit omillaridir. Ular qatoriga yirik raqobatchi korxonalar texnika va texnologiyani olish manbalari, ijtimoiy omillar, davlat boshqaruvi kiradi. Tashqi muhit, tashqi o'zgarishlar korxona faoliyatiga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda vaziyatni hisobga olish zarur. Qaysi o'zgarishlar korxona muvaffaqiyatiga kuchliroq ta'sir qilishini ko'rsatish etarli emas. Turli tum an vaziyat ko'rsatkichlari va menejment jarayonining barcha vazifalari o'zaro bog'liq hamda ularni bir-biridan ajratib ko'rib chiqish mumkin emasligi ma'lum qiyinchiliklarga olib keladi. Suvga tashlangan tosh butun ko'l bo'ylab tarqaluvchi to'lqinlarni hosil qilgani kabi, biror muhim omilning o'zgarishi butun korxona faoliyatida aks etadi.

Tizimli menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elekgron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo'llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
* -menejmentning operasion printsipiga; -qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga; - matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik, statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sosialogiya, ruxshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.
1. Yo‘ldoshev N.Q., Umarjonov A.M. Iqtisodiyot va menejment. - T.: TDIU, 2005
2. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. “Menejment” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. “Iqtisodiy ta’limdagi o‘qitish texnologiyasi” seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 156 b
3. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. “ Menejment” fani bo‘yicha o‘quv uslubiy ta’lim texnologiyasi. Uslubiy qo‘llanma. “Iqtisodiy ta’limdagi o‘qitish texnologiyasi” seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 185 b
4. Yo‘ldoshev N.Q., Qozoqov O.S. Menejment. Darslik. - T.: Fan, 2004.
5. Gerchikova V.I. Menedjment. Uchebnik. – M.; 2003