jadval Korxonafaoliyatiningumumiymutlaqko‘rsatkichlari (mingso‘m)
№
Ko‘rsatkichlar
Joriy
davr
O‘tgan
davr
Dinamika
(foiz)
1.
Korxonaning mol-mulki qiymati
27868
30550
109,6
Shu jumladan;
Asosiy fondlar
15833
17687
111,7
Aylanma fondlar
12035
12863
106,9
2.
Ishlab chiqarish fondlar
3819
4034
105,6
3.
Yalpi mahsulot
678968
611071
90,0
4.
Sotilgan mahsulot
428441
400431
93,5
5.
Soliq to‘lanmasdan oldingi foyda
10953
10405
95,0
Jadval ma’lumotlarini tahlili quyidagi xulosalarga olib keladi:
tahlil qilinayotgan korxona respublika korxonalarining yirik jamoalaridan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega;
bozor munosabatlarining og‘irligiga qaramasdan korxonaning moddiy resurslari o‘sib bormoqda;
lekin korxonada ishlab chiqarilgan, sotilgan mahsulotning hajmi kamaydi, olinadigan foyda qisqardi, Demak, korxonada umuman moliyaviy holat og‘irlashdi;
tahlil qilinayotgan korxona yirik korxonalardan ekan, uning moliyaviy holati boshqa korxonalarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va shu sababli bu korxonaning moliyaviy holati har tomonlama tahlil etilishi lozim.
Moliyaviy tahlilda umumiy nisbiy ko‘rsatkichlar korxonalar faoliyatining moliyaviy holatini umuman ifodalashga yordam beradi. Umumiy nisbiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Korxonalar mol-mulki qiymatining har bir so‘miga nisbatan ishlab chiqarish yalpi mahsulot va yalpi foyda, ya’ni soliqlar to‘lanmasdan oldingi foyd a.
Korxonalar ishlab chiqarish fondlarining, ya’ni asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarining har bir so‘miga nisbatan ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot va
yalpi foyda.
Korxona mol-mulkining asosiy qismini ishlab chiqarish fondlari tashkil etadi va ulardan foydalanish darajasi korxonalarning moliyaviy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar korxonalar mol-mulki, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini ifodalaydi.