O'zbekistonda issiqxonalarida yetishtirilayotgan mahsulotlar
Issiqxonalar yo'nalishida yangicha tashabbus
Xulosa
I ssiqxona — noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sunʼiy muhit (harorat, yorugʻlik, namlik va b.) yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan tashqari davrlarda mahsulot yetishtirish, issiqxona va ochiq dala uchun koʻchatlar oʻstirishga xizmat qiladi. Issiqxona oynaband yoki polimer plyonka, stekloplast va h. k. bilan oʻralgan boʻladi. Yogʻoch yoki temir, poʻlat, alyuminiy kabi metall us-kunalardan tiklanadi. Issiqxona larning xil-maxil turlari mavjud. Ular foidalanish muddatlari va davomliligiga qarab — qishki hamda bahorgi; vazifasiga koʻra — koʻchat oʻstiriladigan va sabzavot yetishtiriladigan; sabzavotlarni oʻstirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va gidropon; ichki jihozlarga qarab — soʻkchakli va tuproqli turlarga boʻlinadi. Konstruktiv yechimi jihatdan Issiqxona lar nur oʻtkazuvchi nishab tomonlari miqdorita qarab, bir, ikki va koʻp tomonlama nishabli turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda, a sosan, pomidor, bodring, rezavor ekinlar, sabzavot oʻsimliklari koʻchati, shuningdek, limon va manzarali oʻsimliklar Issiqxona da yetishtiriladi. Yozi qisqa boʻlgan oʻrta va shimoliy mintaqalarda Issiqxona da turli sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari yil boʻyi oʻstiriladi, hosil olinadi va oʻsimliklarning yangi nav hamda duragaylari yetishtirish va boshqa i. t. ishlari olib boriladi. Qishki Issiqxona lar yil boʻyi foydalanishga moʻljallangan boʻlib, ularda sabzavotlar bahorgi issiqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla oʻstirish uchun koʻchatlar yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi Issiqxona lar yengil kon-struksiyalardan sabzavotlar yerda oʻstiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik yoki quyosh nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir nishabli Issiqxona tomi (qiyaligi 33—45°) janubiy ga, ikki va koʻp ni-shablarniki esa (29—33°) sharq va gʻarbga qaratib quriladi. Issiqxona shakli jihatidan ham fonarsimon, angar, blokli, soʻkchakli kabi bir necha turlarga boʻlinadi. Issiqxona larda oʻsimlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muqitda oʻstirilishi mumkin. Tuproqli Issiqxona larda sabzavotlar bevosita srda oʻstirilib, tuproq tagidan, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. Oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay.
Gidropon Issiqxona lar tuproq ishlatmay sabzavot yetishtirishga moʻljallangan. Ular issiqxona poliga oʻrnatilgan yoki 70—80 sm baland koʻtarilgan suv oʻtkazmas soʻkchaklar bilan jihozlanadi. Soʻkchaklar ichi neytral substrat (shagal, kum, keramzit va b), bilan toʻldiriladi. Avtomat qurilmalar yordamida soʻkchaklarga ozikli eritma yuborib turiladi, ushbu eritma oʻsimliklarning qulay oziqlanishi va suv ichishini taʼminlaydi. Bunday Issiqxona larda barcha jara-yonlar avtomatlashtirilgan.
Ustiga plyonka yopilgan kichik gabaritli, yengil yigʻma Issiqxona lar bahorda foidalanish uchun katta ahamiyatga ega. Havo tayanchli yoki puflama Issiqxona lar qurilishida plyonkalarning yengillik va egiluvchanlik xossalaridan toʻla foydalaniladi. Keyingi yillarda koʻpgina mamlakatlarda, asosan, blokli Issiqxona lar qurildi. Zamonaviy issiqxona xoʻjaliklari sanoat asosida kurilgan va yil boʻyi sabzavot yetishtiriladigan haqiqiy fabrikalarga aylangan.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining elektronika va avtomatika fakulteti 3-kurs talabasi Azizjon Ergashev «aqlli issiqxona» deb nomlangan ixtirosi bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan, deyiladi «O‘zA» xabarida.
U yaratgan qurilma issiqxona ichidagi havo harorati va namligini hamda quyosh yorug‘lik darajasini bir me’yorda ushlab turishga mo‘ljallangan. Qurilmada harorat va namlikni, yorug‘lik darajasini o‘lchovchi maxsus datchiklar mavjud. Agar havo harorati tushib ketsa, isitish pechlari avtomatik tarzda ishga tushadi, agar harorat shunda ham me’yorga kelmasa, ovozli xabar orqali ogohlantiradi. Harorat me’yorda bo‘lganda esa pechlar avtomatik o‘chiriladi. Agar xona harorati me’yordan ortib ketsa, «aqlli issiqxona» oynalarini o‘zi ochadi. Shunda ham harorat oshishi davom etsa, ventilyasiya tizimi ishga tushib, havoni sovutish jarayoni boshlanadi.
T uproq namligi pasayganini aniqlagan qurilma avtomatik tarzda sug‘orish ishlarini amalga oshiradi. «Aqlli issiqxona» tomidagi pardalar esa quyosh yorug‘lik darajasi oshganda qo‘l keladi. Barcha ma’lumotlarni qurilma va kompyuter monitorlarida ko‘rib turish imkoni mavjud. Qurilma sodda tuzilgan, o‘zbek tilida ishlab, pult orqali boshqariladi.
– Mazkur ishlanma X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyish etilib, olimlar va ishtirokchilarning e’tiboriga sazovor bo‘ldi, – deydi Azizjon Ergashev. – Shu bois ixtironi joriy yilda amaliyotga tatbiq etish ustida ish olib borilmoqda. Kelajakda mazkur ixtironi yanada takomillashtirib, issiqxonaning barcha ma’lumotlarini mobil telefon orqali ko‘rish va boshqarishni, uning quyosh batareyalari orqali ishlashini ta’minlamoqchimiz.
Dunyoda oziq –ovqat xavfsizligi dolzarb masalaga aylanib borayotgan bugungi kunda tashqi bozor qishloq xo'jaligi mahsulotlarini mavsumiy emas, doimiy yetkazib berishni talab qiladi. Yil davomida sifatli mahsulot taklif qila olgan korxona bozorda munosib o'rin egallaydi. Ammo oddiy dala yoki issiqxonalarda bunga erishish anchayin mushkul. “Beshinchi avlod issiqxonalari”da esa yil 12 oy mahsulot olish mumkin. Nomidan o'ta zamonaviy qurilmaga ishora qilayotgan “beshinchi avlod” issiqxonalari eng ilg'or “Ultra Clima” nou-xau texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi. Oddiy issiqxonalardan farqli, unda barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan bo'lib, bu inshoot ichidagi haroratni kerakli darajada saqlab turish, ko'chatlarni gidroponika usulida oziqlantirish hisobiga yuqori hosildorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Masalan, plyonkali issiqxonlarda pomidor ko'chati 6 oy hosil bersa, mazkur innovatsion issiqxonada bir yil mobaynida uzluksiz mahsulot olish mumkin.
I lg'or texnologiyalar qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori natijadorlikka erishishning asosiy omili ekanini tushunib yetayotgan ko'plab davlatlar asta-sekin ana shunday zamonaviy issiqxonalarni qurishga o'tmoqda. Yurtimizda ham “beshinchi avlod” texnologiyasiga ega issiqxonalardan foydalanish so'nggi yillarda jadallashib boryapti. Bu borada tashlangan ilk qadamlar allaqachon o'z samarasini bera boshladi.
Shunday innovatsion issiqxonalardan biri 2019-yilning fevral oyida Xorazm viloyati Xonqa tumanida “Red Star Oxus” MCHJ tomonidan 205 milliard so'mdan ziyod mablag' evaziga tashkil etilgan edi. Issiqxonada Niderlandiyaning “Kubo” kompaniyasida ishlab chiqarilgan “Ultra Clima” nou-xau texnologiyasi o'rnatilib, barcha jarayonlar avtomatlashtirildi. Uning eng muhim afzalligi — issiqlik ventilyator yordamida ul`tra iqlim zonasiga tortiladi va plastik quvurlar orqali kerakli joyga ehtiyoj darajasida yuboriladi. Ya'ni, harorat butun issiqxonaga emas, balki etishtirilayotgan sabzavotning ildiziga yo'naltiriladi. Issiqxona tepasiga o'rnatiladigan quyosh nuriga o'xshash maxsus chiroqlar esa fotosintez jarayoniga sezilarli ta'sir o'tkazadi. Bu energiya va suvni tejab, hosildorlikni oshirishga yordam beradi.
Hozirda 7 gektar maydondagi issiqxonada gidroponika usulida pomidor, bodring, baqlajon, bulg'or qalampiri, ko'katlar yetishtirilib, yaxshi hosil olinmoqda. Davlatimiz rahbari 2020-yilning 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida mazkur innovatsion issiqxonada bo'lib, “Bu korxona — drayver. Bunday issiqxonalar ko'payishi uchun boshqa tadbirkorlarni ham o'rgatib, har tomonlama yordam berish kerak. Xorazm qishloq xo'jaligining kelajagi shu”, deya bu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish lozimligini ta'kidladi.