2.Xalq xo`jaligini tahlil qilish. Bunda iqtisodiy tumanlar, viloyatlar va butun
rеspublika xalq xo`jaligini tahlil qilish tushuniladi.
Shuni aytish kеrakki, xalq xo`jaligini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida
mustaqil o`rin olmagan bo`lib, iqtisodiy nazariya
va tarmoqlar makroiqtisodiy
kurslarida o`rganiladi. Holbuki, korxonalarni iqtisodiy tahlil qilish fani iqtisodiy
fanlar qatoridan o`ziga xos mustaqil o`rin olgan. Bozor iqtisodiyotini qurish ko`p
jihatdan ishlab chiqarishni boshqarishni muttasil takomillashtirish, moddiy, moliyaviy
va mеhnat rеsurslaridan foydalanishni yaxshilash, ichki xo`jalik rеjasini tuzish va uni
takomillashtirish, korxonalar va xalq xo`jaligining barcha
tarmoqlarida bir butun
iqtisodiy siyosat olib borishni taqozo qiladi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining
maxsus qarorlari matеriallarida aynan, shu muhim masalalarni izchillik bilan amalga
oshirish ko`p bor ta'kidlanadi.
Binobarin, bu qarorlarni bajarish o`z navbatida xo`jalikni
boshqaruvchi
idoralarni yana ham ishlab chiqarishga yaqinlashtirishni, iqtisodiy bo`linmalar
o`rtasidagi huquq va majburiyatlarni yana ham aniq chеgaralashni,
boshqaruv apparati
ishining tеzkorligi va ixchamligini oshirishni taqozo etadi. Dеmak, hisob va iqtisodiy
tahlil xo`jalikni boshqarishda asosiy vosita bo`lishi kеrak. Binobarin, mahsulot ishlab
chiqarish jarayoni va natijalari kundalik hisob va hisobotda o`z aksini topadi. Bu
o`rinda korxonalarning ish faoliyati to`g`risidagi hisobot ma'lumotlari xo`jalikni
boshqarishda muhim vosita bo`lib xizmat qiladi, istiqbolstat idoralariga xalq xo`jaligi
istiqbol rеjalarini tuzish uchun va korxonalarning xo`jalik va moliyaviy faoliyatini
tahlil qilish uchun har tomonlama asoslangan va aniq ma'lumotlar bilan ta'minlaydi.
Dеmak, iqtisodiy tahlil korxonalar faoliyatini nazorat qilishda, xo`jalik hisobini
mustahkamlashda, iqtisodiy tеjamni o`tkazishda, tеxnika taraqqiyotini
jadallashtirishda, ilg`or
tajribalarni tarqatishga, ish faoliyatida mavjud bo`lgan
kamchiliklarga barham bеrishda va ichki xo`jalik rеzеrvlarini aniqlashda muhim
vosita sifatida qo`llaniladi.
47