TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI IQTISOD YO’NALISHI MEK 59 GURUH TALABASI samatov shaxbozNING TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Mavzu:innovatsion rivojlanishning ahamiyati. Reja: 1. Rivojlanishning innovatsion usuli 2. Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanish darajasi 3.INNOVATSION FAOLIYAT QONUN
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikani innovatsiyalar sohasidagi global reytingdagi ilg‘or 50 ta mamlakat ro‘yxatiga kiritishga qaratilgan strategik dastur tasdiqlandi, ilmiy loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etildi, ilm-fan sohasida yuqori malakali kadrlarni moliyaviy rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratildi. Shunday bo‘lsada, mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ilm-fan va innovatsiya sohasida davlat boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda shaffoflikni oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlarini jadallashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda.
O’zbekiston hayot darajasi, mehnat unumdorligi va iqtisodiy resurslardan foydalanish darajasi bo‗yicha rivojlangan davlatlardan ancha oqsamoqda. Shu sababli, ushbu muammoni o‗rganish, O‗zbekiston iqtisodining barqaror rivojlanishining shakllari, usullari va ustuvor yo‗nalishlarini aniqlash juda muhimdir. Innovatsion sohaning rivojlanish darajasi va dinamikasi aksariyat mamlakatlar uchun iqtisodiy o‗sishning asosiy omili hisoblanadi. Binobarin, bugungi kunda mamlakatning jahon arenasidagi o‗rni ishchi kuchi va tabiiy resurslarning ko‗pligi bilan emas, balki inson kapitali sifati, ta'lim darajasi, bilimlardan amaliy foydalanish xususiyati va innovatsion faoliyati bilan belgilanadi. Innovatsiya - bu rasmiylashtirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari hisoblanadi. Innovatsiyalar quyidagi shakllarda rasmiylashtirilishi mumkin: kashfiyotlar, ixtirolar, patentlar, savdo belgilari, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot uchun hujjatlar, texnologiya, menejment yoki ishlab chiqarish jarayoni.