Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti bank ishi va auditi fan: Bank auditi asoslari



Yüklə 0,67 Mb.
tarix14.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#126904
kirim va chiqim

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI KORPORATIV BOSHQARUV FAKULTETI BANK ISHI VA AUDITI Fan:Bank auditi asoslari

MAVZU:KIRIM VA CIQIM KASSA OPERATSIYALARI AUTIDI


XOJAYEV FAYZULLO

REJA:

  • KIRIM KASSA
  • CHIQIM KASSA
  • KASSA AUDITI

kirim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan bank ish kuni davomida kirim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib oluvchi kassa;
chiqim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bank ish kuni davomida chiqim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni chiqim qiluvchi kassa
Kassa muomalalari odatda, kassir, bosh buxgalter yoki unga vakolatli shaxs ishtirokida kassadagi pul mablag`larini inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Korxonada bir nechta kassa mavjud bo`lgan hollarda pul qoldig`ining kamomadi bo`lgan taqdirda, uni boshqa kassa hisobidan qoplanishi, kassa daftaridagi qoldiqni o`zgartirish mumkinligini oldini olish maqsadida auditor boshqa kassa eshiklarini muhrlab qo`yadi.
Auditor kassirdan inventarizatsiya o`tkazish vaqtigacha bo`lgan kassa muomalalari bo`yicha kassa hisobotini talab qiladi. Shuningdek, barcha kirim va chiqim hujjatlari uning tomonidan hisobotga kiritilganligi va inventarizatsiya vaqtiga kelib kassaga kirim qilinmagan va hisobdan chiqarilmagan pul mablag`lari yo`qligi to`g`risida tilxat berishi lozim.
«Kassa operatsiyalarini tekshirayotganda auditor kassa operatsiyalari tartibiga qanday rioya qilinayotganini, kassa intizomini, naqd pul bilan amalga oshirilgan operatsiyalar qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim.
Naqd pullarni olish va berishda amalga oshirilgan operatsiyalar bilan bog`liq bo`lgan hujjatlar to`g`ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, barcha kirim va chiqim kassa orderlari, to`lov qaydnomalari va boshqa hujjatlar aniq, o`chirilmasdan va to`g`rilanmasdan to`ldirilganligi, barcha orderlar va ularning ilovalari operatsiya sodir etilgan sana va kassirning imzosi qayd etilgan holda, «olingan» yoki «to`langan» degan tamg`alar bilan tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida e'tibor berishi lozim:
  • kassani har oyda to`satdan tekshirilishi;
  • kassirning kassa hisobotlarini o`z vaqtida buxgalteriyaga topshirishi;
  • kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to`g`risida bosh buxgalter yoki bosh buxgalter o`rinbosarining imzosi borligi;
  • mehnatga haq to`lash, xizmat safari, xojalik sarflari va boshqa maqsadlar uchun bankdan olingan naqd pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi;
  • kassadagi naqd pul qoldiqlarining korxona uchun bank tomonidan

  • belgilangan limitga to`g`ri kelishi;

Auditor yuqoridagi faktlarga rioya qilinmaganligi to`g`risida buzilish hollari mavjud bo`lganda bu muomalalarning sababini, ular kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqasida suiiste'mol, tovlamachilik holatlari berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • «Audit» (darslik). Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti. Iqtisodiyot, 2010. – 456-b.
  • Audit. Praktikum: uchebnoe posobie / O.N.Xarchenko, S.A.Samusenko, I.S.Fyorova – 4-e izd., pererab. i dop. –M.: KNORUS, 2014.-248 str.
  • Ilhomov SH.I. Amaliy audit. Darslik. – T.:TDIU, 2011. -376 b.
  • Masharipov O., Ilxomov Sh. Amaliy audit. O`quv qo`llanma. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. - 272 b.
  • Mejdunarodnie standarti audita: Uchebnik / V.N.Tyutyuryukov. 2-e izd., pereb. i dop. – M: Izdatelsko – torgovaya korporatsiya «Dashkov i K», 2010. – 200 s

RAHMAT!


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin