37
xususan o‗rta tabaqa turistlar tomonidan kuzatilgan hodisadir.
Xaridorlarning ko‗pchiligi quyidagi sabablar tufayli narx o‗zgarishlariga
qarshi juda ta‗sirchan bo‗ladilar.
1.
Turli masofalar orasida yoki bir xil masofalardagi turli xizmatlar
o‗rtasida paydo bo‗lgan raqobat yuzasidan.
2.
kam daromadli xalq mexanizmlarining turistik iste‘molchiga
yetishadigan harakatlaridan narx farqlari ko‗paymoqdadir.
Turizm sektorida ko‗rilgan turli xizmat va mahsulotlar natijasida
narx omili sotib olish omillaridan keyin ikkinchi o‗ringa tushishni
boshlagan. Chunki turistlarning kutishlari va zavq olish hislari
oldindadir. Biror mehmonxonaning narxini bilmasdan turib, turist xonani
majburan sotib olish majburiyatiga ega emasdir. Boshqa arzon
mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma‘lumot olishni ham xohlaydi.
Yetarli ma‘lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik
mahsulotni sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish
tartibining tavsiya qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik mahsulotning
aralash xususiyatda bo‗lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko‗p
omillarga bog‗liqdir. Turistik mahsulotning narxini belgilash tartibini
quyidagicha izohlaymiz:
- turistik korxonalarda mahsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud
bozorning tuzilishi va raqobat shartlarining oldindan belgilanishi
kerakdir;
- turistik mahsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq
qiladi;
- turizm sohasida bozorning tuzilmasi raqobatbardosh va monopolistik
bozorlardan tashkil topadi;
- turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo‗lmaydi. Talab ko‗p
bo‗lgan davrlarda narxlar yuqori bo‗ladi, talab kam bo‗lganda narxlar
past bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: