Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/119
tarix15.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140905
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119
turizm iqtisodiyoti va menejmenti UMK

Tyanch iboralari
xalqaro sayyohlar, xalqaro yo‗nalishlar, dininiy 
turizm, transport transport tashuvlari, transport turlari. 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.
 
Xalqaro yo‘nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish 
Xususiyatlari nimalardan iborat? 
2. Doimiy yo‗nalishlar uchun qanday shartlar majburiy hisoblanadi va 
ularni izohlang 
3.SWOT tahlili asosida ―Muzeylarda qolgan tarix‖ nomli turmahsulotni 
tuzing 
4.Ziyoratchilar qanday sayohatlarni amalga oshiradilar? 
5.Diniy turizmning hozirgi faoliyati nimadan iborat? 
Adabiyotlar 
1.
M.Amonboev, N.Juraeva ―Turizm iqtisodiyoti va menegmenti‖ O‗quv 
majmua 2018 yil
2.
Walter Hunziker, Le Tourisme, Editions Gurten, Berne. 1972, p.1. 
3.
Alister Marhieson and Geoferry Wall., Tourism: Economic, Phisial and 
Social Impacts. Longman Group Ltd. New York, 1986, p.10. 
4.
Tunca Toskay, Turizm Olayina Genel Yaklasim, 3- Basim, Der Yayinlari; №26, 
Istanbul, 1989, s.20. 
5.
World Tourism Organization (UNWTO) 2017 
6.
www.world-tourism.org
 – Всемирная туристская организация 
7.
Оценка стоимости транспортных средств: Учебник. метод. Пособие / 
Под ред. Улицкого М.П. – М.: Финансы и статистика, 2005. 123 c. 


129 
11
 
- BOB. TURISTIK FAOLIYATNI DAVLAT 
TOMONIDAN NAZORAT QILISHI 
 
11.1.Turistik faoliyatni nazorat qilishda xalqaro tajriba. 
11.2.Turizmda davlatning bosh islohatchi bo„lishini ta‟minlash 
11.3.Turistik firmalarga davlat tomonidan berqiladigan yengilliklar. 
 
11.1. Turistik faoliyatni nazorat qilishda xalqaro tajriba. 
Turizm sohasiga sarmoyalarni jalb qilish va umuman, sarmoyalar
to‗g‗risida fikr yuritishdan avval xorijiy sarmoyalar nima ekanligi 
to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lish kerak. 
O‗zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan 
―Xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari 
to‗g‗risidagi qonuniga muvofiq quyidagilar xorijiy sarmoyadorlar 
bo‗lishlari mumkin: 
-xorijiy davlatlar; 
-xorijiy yuridik shaxslar; 
-xalqaro tashkilotlar
-xorijiy fuqarolar, birlashmalar; 
-xorijda 
doimiy ravishda istiqomat qiluvchi O‗zbekiston 
Respublikasining fuqarolari. 
Ushbu qonunga ko‗ra xorijiy sarmoyadorlar tomonidan 
ishbilarmonlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga foyda 
olish maqsadida jalb etilayotgan moddiy boyliklar va ularga egalik 
huquqlari, shuningdek, xorijiy mulkka egalik huquqlarining barcha 
shakllari xorijiy sarmoyalar hisoblanadi. 
Uzoq muddatli hususiy sarmoyalar kelishining asosiy sharti erkin 
valyutada istiqbolli foyda, keyingi o‗rinda foydaning barqarorligi va 
qonuniy ko‗payishini ta‘minlovchi mamlakatning ma‘lum darajadagi 
ichki va tashqi siyosiy barqarorligi turadi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun 
sarmoyalarning ahamiyatini baholash qiyin. Masalan, aynan xorijiy 
sarmoyalar Janubin Koreyaning iqtisodiy o‗sishiga sezilarli ta‘sir 
ko‗rsatdi. 
Xorijiy 
sarmoyalarni 
ustuvor 
tarmoqlar 
bo‗yicha 
taqsimlashning to‗nlov uslubi, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlarni jalb 


130 
qilishning turli shakllari tufayli sarmoyalardan samarali foydalanildi. 
Misol uchun mamlakatni industrlashtirishning dastlabki bosqichlarida 
qarzlar va kreditlar shaklidagi xorijiy sarmoyalar ichki sarmoyalarning 
yarmini ta‘minlagan bo‗lsa, keyinchalik to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
sarmoyalarning ahamiyati o‗sib bordi. 
Hozirgi kunda, jahon postindustrial jamiyatning ostonasida turgan 
bir paytda, O‗zbekiston uchun ma‘lumotlar banki, turli komputer 
tarmoqlari vatelekommunikatsiyalarning mavjudligi hayotiy zarurdir, 
chunki, o‗zimiz shohidi bo‗lganimizdek, kommunikasiya (aloqa) 
tarmoqlarining rivojlanishi sarmoyadarlar ahamiyat beradigan eng asosiy 
omildir. 
11.2. .

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin