145
3. Inson ongiga yo‘naltirilgan his qilib
bo‘lmaydigan harakatlar
Ta‘lim, radio va televidenie, axborot
xizmatlari, teatrlar, muzeylar
4. His qilib bo‘lmaydigan aktivlar bilan
his qilib bo‘lmaydigan harakatlar
Banklar, yuridik va maslahat xizmatlari,
sug‘urtalash, qimmatbaho qog‘ozlar bilan
operastiyalar
Keltirilgan tasniflashtirish nomoddiy
ishlab chiqarishda keng
qo‘llaniladi. Masalan xizmatlar iste‘molchi bilan aloqa darajasi, qonuniy
va me‘yoriy aktlar bilan tartibga solish darajasi, mehnat talabchanligi,
iste‘molchilar segmentlari bo‘yicha (ishchan, shaxsiy xizmatlar va
hokazolar) tasniflashtiriladi.
Moddiy tavsifdagi xizmatlar bevosita ishlab chiqarish strukturasiga
qo‘shiladi. Ular alohida har bir korxonaning
ishlab chiqarish
infratuzilmasini yaratadi. Odatda ishlab chiqarish xizmatlariga ta‘mirlash-
xizmat ko‘rsatish faoliyati, texnik, transport – ombor, muxandis –
maslahat xizmatlari kiradi. Texnik xizmatlar tarkibida ikki asosiy guruhni
ajratish mumkin: birinchisi – maslahat xizmatlari. Ularga buyurtmachiga
texnik hujjatlashtirish, tadqiqotlar natijalari, qurilish uchun dastlabki
ma‘lumotlar, smetalar va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruhga injiniring
tipidagi xizmatlar kiradi.
Xizmatlar tarmoqlarini moddiy ishlab chiqarishga kiritish shartlari
bo‘lib, natijalarni olishda qatnashish yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi
korxonalari
faoliyatida qatnashishi hisoblanadi. Unda tovar ayrboshlashi
asosidagi xizmatlarni sotish amalga oshiriladi. Xizmatlar tarmoqlarini
bunday ajratishning me‘zoni bo‘lib, ularning yaratilgan tovardagi hissasi
hisoblanadi.
Tabiiyki, xizmatlarning tovar mahsulotini yaratuvchi xizmatlarning
ushbu tarmoqlari YaIM va MD ni yaratishda bevosita ishtirok etadilar.
Ammo uzoq yillar mobaynidagi hisoblash metodikasi ushbu haqiqatni aks
ettirmagan. Tovar xizmatlari va aholiga pullik
xizmatlarning bir qismi
YaIM yaratuvchi moddiy ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tarkibida inobatga
olinmagan. Daromadning to‘liq hisobi olinmagan. Bu takror ishlab
chiqarish jarayonini, yaratilgan ne‘matlar hajmini buzib ko‘rsatgan.
Natijada xizmatlarning alohida tarmoqlari rivojlanishiga imkon
146
bermagan. Milliy hisoblar tizimiga o‘tish ushbu kamchilikni yo‘qotadi,
lekin xozircha to‘liq emas.
Nomoddiy ishlab chiqarish ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga
bevosita aloqador xizmat tarmoqlarini birlashtiradi.
Bu ularning birinchi
tavsifli xususiyati; ikkinchi xususiyat – bu bepul, ayrim holatlarda o‘z
tannarxidan ancha past narxlardagi ular mahsulotlarini sotishdir.
Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari tarkibiga ta‘lim, madaniyat,
san‘at va sport, sog‘liqni saqlash va boshqalar kiradi.
Ushbu sohadagi
ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy, iste‘mol tavsifiga ega bo‘ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasidagi xizmat sohalari yuqori
malakali ishchi kuchini shakllantirish va o‘qitishni talab etadi. Chunki
bozor xo‘jalik yuritish sharoitida ishchi kuchi tovar xususiyatlariga ega
bo‘ladi va doimiy ravishda mehnat bozorini to‘ldiradi. Ushbu xizmatlar
jamiyat a‘zosi sifatida alohida shaxsning ehtiyojini qondiradi. Shu sababli
ularni alohida shaxslarga (shaxsiy va yakka tartibdagi)
yoki shaxslar
guruhlariga (jamoa) va umumijtimoiylarga bo‘lish mumkin.
Nomoddiy ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlari ishchi kuchini
shakllantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi. Ularga ta‘lim va
sog‘liqni saqlash kiradi.
Avvalgidek bepul xizmatlar yoki past narxlardagi haq to‘lash
amaliyotini bozor munosabatlari sharoitida ustuvor deb bo‘lmaydi.
Chunki davlat byudjetidan dotastiyalashtirish yo‘qolib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: