114
tadqiqotlar olib borishgan.
1954 yilda Italiyaning Palermo shahrida bo‘lib o‘tgan AIEST
kongressida mazkur olimlar turizmga shunday ta‘rif berishgan edi:
«Turizm ajnabiylarning sayohati va bir joyda vaqtincha istiqomat
qilishlaridan yuzaga keladigan voqea va hodisalar majmuidir. Bu
jarayonda butunlay istiqomat qilishga va daromad olishni maqsad
qilishga ruxsat etilmaydi»
51
.
1976 yilda Britaniya Instituti (hozirgi turizm tashkiloti) bu
tushunchaga quyidagicha oydinlik kiritgan. «Turizm insonlarning
kundalik istiqomat qiladigan va ishlaydigan joylaridan tashqari, chiroyli
va ko‘rkam turizm markazlarini ziyorat qilishlari va u erdagi faoliyatni
ham o‘z ichiga olgan qisqa muddatli harakatlardir. Ayni vaqtda har xil bir
kunlik marshrutli ekskursiyalarni ham o‘z ichiga oladi»
52
.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan olimlarning ilmiy qarashlaridan kelib
chiqib, turizmni quyidagicha ta‘riflashimiz mumkin:
Turizm, davomli yashaydigan, ishlaydigan va muhim ehtiyojlarni
qondiradigan joylardan tashqariga qilinadigan sayohatdir. Tunash
vaqtinchalik zaruriy bir ehtiyojdir. Sayohatga chiqqan va tunab qolgan
kishi, ma‘lum bir vaqtdan so‘ng o‘zi yashaydigan joyga qaytadi.
Dostları ilə paylaş: