172
ahamiyati va tutgan o‗rni xususida oldingi paragraflarda fikr yuritilgan edi.
Ushbu bo‗limda mamlakatimiz turizmi, shu jumladan,
milliy
iqtisodiyotimizning rivojlanishida xususiy turistik korxonalarning
ko‗rsatayotgan ta‘siri tahlil qilinib, bu borada mavjud muammolarni
aniqlab berishni ma‘qul topdik. Mamlakatimizda ko‗rsatilayotgan turistik
xizmatlar o‗z ichiga quyidagi turistik mahsulot turlarini qamrab oladi:
trekking, speleoturizm, alpinizm,
ekoturizm, ta‘lim olish maqsadiga
yo‗naltirilgan turizm safari, tuyalarda sayohat qilish, dam olish kurortlari
va sanatoriyalari,
suv turizmi, tarixiy turizm, arxeologik turizm, ov va
baliq ovi, gerbariylar va hashoratlar yig‗ish, ornitologiya va fotoovchilik,
pikniklar, ot turizmi, madaniy turizm, mahalliy xalqlar xayotini o‗rganish,
folk turizmi, biznes-turizm va suvenirlar ishlab chiqarish turizmi. Ko‗rinib
turganidek, mamlakatimizda ko‗rsatilayotgan
turistik xizmatlarning turi
ancha miqdorni tashkil etadi.
15.3. Turistik firmalarning o„z oldiga qo„ygan maqsad va
vazifalari
Bozor iqtisodiyotining asosiy xarakterli tomoni xususiy turistik firma
va tashkilotlarni rivojlantirish orqali o‗z ifodasini topadi. Har qanday
sohada bo‗lgani kabi turizm sohasida ham xususiy tarmoqlarni
shakllantirish va rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotini har
tomonlama rivojlanishiga erishish mumkin. Hozirgi kunga kelib,
jahon
turizm infratuzilmasining 90 foizdan ortiq qismi xususiy sektor hissasiga
to‗g‗ri keladi. U o‗z ichiga mehmonxonalar, mehmon uylari, qishloq
uylari,
turar joy ijarasi, karvonsaroylar (kempinglar), yotoqxonalarda
joylashish, restoranlar, avtomobillar ijarasini tashkil qilish va garajlar
kabilarni oladi. Bulardan faqat havo yo‗llari mustasnodir. Chunki ularni
Yevropa, Osiyo, Afrika va boshqa rivojlanayotgan
mamlakatlardagi
hukumat organlari bevosita boshqaradilar va bu havo yo‗llari davlat
nazorati ostiga olingan. AQShdagi havo yo‗llari esa xususiy bo‗lib,
ularning uchtasi jahondagi eng yirik avialiniyalar hisoblanadi. Turistlarni
tashish bilan shug‗ullanadigan temir yo‗llar ham tabiiyki, ko‗pchilik
hollarda davlatga tegishli bo‗ladi.