har bir turiga mos rekviziti, shakli, muddati, soni va narxi; monetizatsiyalashgan real bazis bilan ta'minlanganligi;
har bir turining bozor parametriari (indikatorlari);
har bir turiga mos chiqaruvchilari va ularning instrumenlar bo'yicha shartlari va h.k.
Moliyaviy instrumentlarning fundamental xossalari ularing parametrlari (sifat ko'rsatkichlari) orqali ifodalanadi.
daromadlilik
aylanuvchanlik
xatar
Moliyaviy aktiv —
naqd pul mablag‘lari, shartnomadan kelib chiqib, boshqa xo‘jalik subyektlaridan pul mablag‘larini yoki moliyaviy aktivlarni olish va almashtirish huquqi hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning ulushli vositalari
Moliyaviy majburiyat —
pul mablag‘larini va boshqa moliyaviy aktivlarni shartnomaviy majburiyat orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlariga o‘tkazish yoki almashtirishni bildiradigan har qanday majburiyat
Moliyaviy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati — aktivning balans hisobotda dastlabki tan olingandagi baholangan summasi (ya’ni aktivning hisobvaraqdagi aks ettirilgan summasi, plyus/minus mukofot/diskont hisobvarag‘idagi aks ettirilgan summa, plyus aktivning sotib olish uchun ketgan xarajatlarning hisobvaraqdagi summasi, plyus har qanday sotib olingan olinishi lozim bo‘lgan va alohida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobvarag‘ida aks ettirilgan hisoblangan foizlar), minus to‘langan asosiy qarz summasi, plyus/minus real foiz stavkasi metodini qo‘llash bilan mukofot/diskontlarning yig‘ilgan amortizatsiya summasi, va minus sotib olish uchun ketgan xarajatlar amortizatsiyasi, va minus ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi.
Moliyaviy aktivning balans qiymati — moliyaviy aktivning hisobvarag‘idagi qoldig‘i, plyus/minus mukofot/diskont hisobvarag‘idagi qoldig‘i, plyus aktivni sotib olishga ketgan xarajat bo‘yicha aktiv hisobvaraqdagi qoldiq, plyus olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobvarag‘idagi qoldiq, plyus/minus haqqoniy qiymatni korrektirovka qilish hisobvarag‘idagi qoldiq, minus ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi.