1) oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari
2) so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar
3) sotish uchun mavjud qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar.
Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari
Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymati o‘zgarishi foyda va zararlarda aks ettiriluvchi savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar va bank balans hisobotida dastlabki tan olishda “oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari” deb tasniflangan moliyaviy aktivlarni o‘z ichiga oladi Binobarin, oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari toifasida tasniflangan moliyaviy aktivlarning 2 ta ichki turi mavjud.
Moliyaviy aktiv yaqin kelajakda bevosita sotish maqsadida olingan bo‘lsa, yoki moliyaviy aktivlar portfeli tarkibiga kiritilgan bo‘lib, bunda bank tomonidan bitta guruh singari boshqarilsa va yaqinda qisqa muddatli foyda ko‘rishning haqiqiy belgilari kuzatilsa, u savdoga mo‘ljallangan aktivlar singari tasniflanadi
Bank biror-bir boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda, ularning hisobini haqqoniy qiymati bo‘yicha yuritish maqsadida bo‘lib, haqqoniy qiymatini ishonchli aniqlash mumkin bo‘lsa va haqqoniy qiymatidagi o‘zgarishini foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirish maqsadida bo‘lsa, bank ularni “oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari” toifasida tasniflashi mumkin. Bunda bankning ushbu qarori keyinchalik o‘zgarmasligi lozim.
So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlari
So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlari qayd qilingan yoki o‘rnatilgan miqdordagi to‘lovlar va qayd qilingan to‘lash muddatiga ega bo‘lgan moliyaviy aktivlar bo‘lib, bunda bank ularni so‘ndirish muddatigacha saqlash maqsadi va imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim
Banklar faqat so‘ndirish muddatigacha saqlash maqsadi va imkoniyati mavjud bo‘lsagina, qarz vositalarni “so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan” toifada tasniflashi lozim.
Banklar ulushli vositalarni “so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan” toifada tasniflamasligi lozim. Chunki, ulushli vositalar to‘lash muddatiga ega bo‘lmaydilar.