5.1-jadval
Iqtisodiy tahlil shakllari
Iqtisodiy tahlil
|
Shakllari
|
Mazmuni
|
1. Kompleks tahlil
|
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini makon va zamon nuqtai nazaridan barcha tuzulmalari bilan birga batafsil tahlil qilishdir
|
2. Solishtirish tahlili
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yaxlit holda alohida tuzulmalari yoki mavzularini baho va vaqt jihatidan solishtiriladigan holatga keltirilib amalga oshiriladigan tahlildir
|
3. Omilli tahlil
|
Xo‘jalik faoliyati natijasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini hisbolash usullari majmuasini o‘zida aks ettirgan tahlildir
|
4. Marjinal tahlili
|
Barcha xarajatlarni doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘lib ishlab chiqariladigan mahsulotlarning (bajariladigan ish, ko‘rsatiladigan hizmat) biznesda ko‘ zda tutilgan foydaga erishish uchun zarur bo‘lgan miqdorini aniqlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan tahlildir
|
5. Stoxastik tahlil
|
Xo‘jalik faoliyatida natija va omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik, funksional bog‘liq bo‘lmagan sharoitda, ularning bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan tahlildir
|
6 .Loyiha tahlili
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar istiqboli, biznes-rejasi, investisiya loyihalarini asoslash uchun hali sodir bo‘lmagan, ya’ni, bo‘lishi kutilayotgan iqtisodiy jarayonlarni o‘rgatadigan tahlildir
|
7. Moliyaviy tahlil
|
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini o‘rganishga bag‘ishlangan tahlildir
|
8. Boshqaruv tahlili
|
Korxona rahbariyati, egasi va mutaxassislari tomonidan ichki imkoniyatlarni ishga solish va samaradorlikni oshirish maqsadida qilinadigan tahlildir
|
9. Xo‘ jalik faoliyati tahlili
|
Korxonalar xo‘jalik faoliyatini o‘rganishga qaratilgan iqtisodiyotning mikroiqtisod darajasini o‘rganishga qaratilgan tahlildir
|
10. Auditorlik tahlili
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya -xo‘jalik faoliyatini audit qilganda to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun auditorlar tomonidan o‘tkaziladigan tahlil
|
obyekt, tahlil qiluvchi subyekt, o‘rganiladigan hodisalarning ko‘lami, axborotlarni qayta ishlash kabilar1.
Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig'izligi va asoslanganligini baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish va erishilgan natijalarga obyektiv baho berish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xo‘jalik hisobi yakunini o‘tkazish, rezervlarni aniqlash va ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash.
Iqtisodiy tahlilning asosiy shakllari bo‘lib boshqaruv va moliyaviy tahlil hisoblanadi.
Boshqaruv va moliyaviy tahlil yuzasidan olimlar o‘rtasida turlicha qarashlar mavjud. Masalan; M.Q.Pardaev tomonidan boshqaruv va moliyaviy tahlilga quyidagicha ta‘rif beriladi: Boshqaruv tahlili-korхona rahbariyati, egasi va mutaxassislari tomonidan ichki imkoniyatlarni ishga solish va samaradorlikni oshirish maqsadida qilinadigan tahlildir; Moliyaviy tahlil-xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini o‘rganishga bag‘ishlangan tahlildir.
Moliyaviy tahlil asosida firma va kompaniyalarning moliyaviy ahvGlidan to‘la voqif bo‘linadi. Bu esa ular boshqaruvida muhim masala hisoblanadi. Tahlil natijalaridan nafaqat ichki, balki tashki foydalanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. Negaki moliyaviy hisobot va moliyaviy tahlil natijalarida sir saqlanadigan, ya’ni birovning zarari hisobiga boshqa birovning naf ko‘rishi mumkin bo‘lgan axborotlar kuzatilmaydi. Shu sababli, moliyaviy tahlilning ko‘plab subyektlarini tarkiblash mumkin.
Boshqaruv va moliyaviy tahlil orasidagi farqni quyidagi jadval ma‘lumotlari asosida aniq bayon etish mumkin (1.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: |