Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil ish



Yüklə 112,25 Kb.
səhifə1/9
tarix28.04.2023
ölçüsü112,25 Kb.
#126047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiy tahlil


O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI




MUSTAQIL ISH
Mavzu: Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish

Bajardi: Madraximova Sh.M
Tekshirdi: O`rmonbekova. I
Тoshkent - 2023

Reja:


1.Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish 3
3.Xo‘jalik faoliyatini joriy (retrospektiv), tezkor va istiqbolli tahlili 8
4.Moliyaviy-iqtisodiy va texnik- iqtisodiy tahlil 13
Taqqoslama (korxonalararo) va funksional - qiymat tahlili tahlili 14
Qisqa xulosa 19




  1. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish

Iqtisodiy tahlilining oxirgi bosqichi - tahlil natijalarini yakuniy xulosalarini chiqarish va rasmiylashtirish hisoblanadi.Yakuniy xulosada, korxonaning mulkiy holati, ularning manbalanishi, iqtisodiy va moliyaviy salohiyati, to'lovga qobilligi, likvidliligi, moliyaviy mustahkamlik va barqarorligini tashxisi qo'yiladi. Bu tashxis asosida uning iqtisodiy reyting bahosini ham berish mumkin.
Iqtisodiy tahlil natijalari tahliliy mavzular yoki xo'jaliknik yillik hisobotiga ilova qilinqdigan bayonnoma ko'rinishida ifoda etiladi.
Tahlil natijalariga asoslangan holda ma’lumotnoma yoki izohnoma yoziladi. Izohnomada korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyatida qo'lga kiritilgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklarini bartaraf qilish yo'llari ko'rsatiladi. Bu o'rinda, ayniqsa, aniqlangan ichki xo'jalik rezervlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish yo'llari ko'rsatiladi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o'tkazganligiga qarab bajariladi. Misol uchun, korxonalarning yillik hisoboti asosida o'tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati yozish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buying'i, jamoaning majlis bayoni, audit xulosalari orqali umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar ko’rsatilishi lozim. Ytuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko'rsatilgan bo'lishi talab etiladi. Shuningdek, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tuzatish chora- tadbirlari, ya’ni takliflar ham k o'rsatiladi.
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishga korxonaning umum majlis materiallari, turli xil diagramma, jadval va grafiklar tuziladi. Chunki, hisobot ma‘lumotlarini tahliliy jihatdan qayta ishlash usullaridan biri tahliliy jadvallarni tuzish hisoblanadi. Jadvalga tahlil qilinadigan ko'rsatkichlarning baza va amaldagi darajasi kiritiladi, mutlaq farq aniqlanadi, ko'rsatkichlarning o'sish sur‘ati aniqlanadi hamda tegishli xulosa yoziladi. Tahliliy jadvallarning ustunligi va afzalligi shundan iboratki, u ham bo'lsa, ko'rsatkichlarning o'zaro bog'lanishi juda ham aniq va ko'rgazmali tarzda namoyon bo'ladi.
Tahlil natijalarini rasmiylashtirishni uslubiy tartibida xulosalarni aniq va ravon tilda bayon etilishiga, yutuq va kamchiliklarni asosligiga, o'rinli va obyektivligiga, yuzaga kelish va o'zgarishlarni davriyligiga, tahlil yakuni bo'yicha kompaniya, firma boshqaruvini optimal strategiyalarini (chora, tadbirlar) belgilab olinishiga ahamiyat berish lozim.


  1. Yüklə 112,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin