Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 271,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.01.2023
ölçüsü271,69 Kb.
#122487
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu. Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish

- raqobat kurashida texnologiyalarning qaysinisi yutib chiqishi va qaysi 
tovarlar xaridorlarga ma’qul kelishi haqida bir xil fikrga kelish qiyin boʻladi; 
- har bir firma oʻzining texnologiyasini, tovar turini va mahsulotni tarqatishga 
boʻlgan strategik yondoshuvini iste’molchilarga tan oldirishga harakat qiladi; 
- ishlab chiqarish hajmlarining oʻsishi bilan tajribaning egri chizigi samarasi 
ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi; 
- firmalar oʻz raqobatchilari haqidagi maʼlumotlarni yetishmasligini doim his 
qiladilar; 
- koʻp hollarda firmalarda xom-ashyo va materiallar bilan ta’minlaydigan 
ishonchli ta’minotchilarni qidirish muammolari yuzaga keladi; 
- juda koʻp kompaniyalar pul mablagʻlarini yetishmasligini his qiladilar va 
raqib firmalarga qoʻshilib ketadilar yoki ularni sotib oladilar. 
Yangi tarmoqda biznes qilishning eng muhim strategik muammolaridan biri 
shuki, unda doimo tavakkalchilik qilish va imkoniyatlarni baholab berish talab 
etiladi. Yangi tarmoqda muvaffaqiyatga erishish uchun bir kancha tavsiyalarga amal 
qilish zarur boʻladi. 
Tavsiyalar: 
1. Tavakkalchilik qilib va yaratuvchilikning dadil strategiyasidan foydalanib 
ilgʻorlik uchun kurashishga birinchi bosqichda gʻalabaga erishishga harakat qiling 
2. Texnologik jarayonni takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash 
tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlang. 
3. «Qaldirgʻochlik»ning har qanday ustunliklaridan foydalanishga harakat 
qiling. 
4. Yangi iste’mol segmentlarini, tovarni iste’molcMarga yetkazib berishning 
yangi vositalarini qidiring, faoliyatning geografik chegaralarini kengaytiring. 
5. Reklamada asosiy urguni xaridorlarni tovar bilan tanishtirishdan asta-sekin 
ularda firma va tovar markasi haqida yaxshi fikr paydo qilishga koʻchiring. 
6. Texnologik oʻzgarishlarga tez reaksiya koʻrsating. 
7. Bozorga xaridorlar guruhini jalb etish uchun narxlarni pasaytirishdan 
foydalaning. 
8. Bozorga moliyaviy jihatdan baquvvat autsayderlar kirishini kuting. Bu 
tarmoqqa investitsiyalar qoʻyishdagi xavf kamayganda mumkin boʻladi. 
9. Kuchli raqobatchilar paydo boʻlishiga tayyorlaning. 
Firma ilgʻorlik uchun kurashda ilk gʻalabadan keladigan bir daqiqalik 
manfaatni uzoq muddatli raqobat ustunligi va bozorda mustahkam pozitsiya yaratish 
ehtiyoji bilan muvofiqlashtirishi zarur. 

Yüklə 271,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin