VII. Asosiy adabiyotlar 1. B.Ro’zmetov va boshqalar. Tannarx kalkulatsiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent – “ILM ZIYO” – 2006.
2. MARKETLINKS. Resource Library. Key Information for Those New to the Value Chain Approach. https://www.marketlinks.org/good-practice-center/volue-chain-wiki/internal-and-external-factors-and-catalysts
3. ЕВРОПЕЙСКАЯ ЭКОНОМИЧЕСКАЯ КОМИССИЯ. Упрощение процедур торговли для облегчения доступа к региональным и глобальным рынкам. Учебное пособие. UNITED NATIONS TRADE. 2018. https://unece/org/tarde/uncefact
4. Rapheal Kaplinskiy and Mike Morris. A HANDBOOK FOR VALUE CHAIN RESEARCH.
5. И.Н.Белова Международная торговля. Российский университет дружбы народов 2012.
6. Цепочка создания стоимости – стратегический инструмент компании. www.blog.oy-li.ru
7. Toshkent moliya instituti. BIZNES QIYMATINI BAHOLASH O’quv uslubiy majmua. Toshkent - 2019
Qo’shimcha adabiyotlar 1. Оценка эффективности цепочки создания стоимости продукта в пищевой промышленности. Тема диссертации и автореферата по ВАК РФ 08.00.05, кондидат экономических наук Андреева Татьяна Викторовна. www.dissercat.com
2. Agrosanoat integrasiyasida qo’shilgan qiymat zanjiri. Iqtisodiyot va ta’lim. Ilmiy amaliy jurnal. 2022 yil 4-son. DOI: https://doi.org.10.55439/ECED/vol23_iss4/a47
3. Осиё тараққиёт банки иштирокида “Мева-сабзавотчилик тармоғида цўшилган қиймат занжири инфратузилмасини ривожлантириш” лойиҳасини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида. http://lex.uz//doc/4509950
Axborot manbalari https://www.marketlinks.org/good-practice-center/volue-chain-wiki/internal-and-external-factors-and-catalysts
https://unece/org/tarde/uncefact
www.blog.oy-li.ru
www.dissercat.com
https://doi.org.10.55439/ECED/vol23_iss4/a47
http://lex.uz//doc/4509950
VIII. Talabalar bilmini baholash Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
1. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.
2. Oraliq nazorat turi 2 marta o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
3. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
4. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi.
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi maʼlumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga eʼlon qilinadi.
6. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagi shakllarda oraliq nazorat o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy baholash - talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baxolash usuli. Joriy baholash amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
chegaraviy baholash - semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli;
yakuniy nazorat - semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
7. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli kafedra tomonidan belgilanadi.
8. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishni baholash tizimi asosida talabaning o‘zlashtirish darajasi baho orqali ifodalanadi.
9. Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi oraliq nazorati joriy va chegaraviy baholash shakllarida 5 baholik tizimda baholanadi.
Ushbu baho nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
joriy baholashga – 0.4 koeffitsiyent;
chegaraviy baholashga – 0.6 koeffitsiyent.
Bunda talabaning joriy va chegaraviy bahosi umumlashtirilib, o‘rtacha arifmetik hisoblanadi. Ijobiy (3, 4, 5) baholar belgilangan koeffitsiyentga kupaytiriladi va ularning yig‘indisi yaxlitlanib, oraliq nazorat bahosi sifatida baholash jurnalida rasmiylashtiriladi.
10. Joriy baholash amaliyot o‘qituvchisi tomonidan o‘tkaziladi va og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin. Amaliyot dars mashhulotlaridagi faolligi va mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarishi xam ushbu bahoda aks ettiriladi. Chegaraviy baholash maʼruza o‘qituvchisi tomonidan o‘tkazilib, fanning maʼlum bir bulimi yakuniga kura test, yozma, og‘zaki va boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin.
11. Fan bo‘yicha oraliq nazoratlarning kamida bittasidan ijobiy baholanmagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.