Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix08.04.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#124949
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
d532cc267ff4476cd0d7665c04f27501 Byudjet-soliq siyosati mamlakat iqtisodiy siyosatining ajralmas bug’uni sifatida (O’zbekiston Respublikasi misolida)

7
 Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari 119- bet 
 


29 
mualliflarining 
fikriga 
ko’ra to’lovlarning yuqoridagi tartibi ishlab 
chiqaruvchilarning foydani ko’paytirishdan manfaatdorligini susaytirmaydi va bir 
vaqtning o’zida soliq og’irligini ishlab chiqaruvchilarning foydani ko’paytirishdan 
manfaatdorligini susaytirmaydi va bir vaqtning o’zida soliq og’irligini ishlab 
chiqaruvchilarning real imkoniyatlariga muvofiq taqsimlanishini ta’minlaydi. Bu 
ayniqsa, sanoatning tabiatni ekplutatsiya qiluvchi tarmoqlari uchun muhimdir
chunki ularning ish sharoitlari alohida-alohidadir. Qat’iylashtirilgan to’lovlar 
tizimidan foydalanish soliqqa tortishning renta shakliga o’tishga asos yaratadi. Bu 
holda byudjetning ehtiyojlari asosan tabiiy resurslarning rentasi hisobidan 
qondiriladi va u iqtisodiyot foydasining asosiy qismini tashkil qiladi. 
Shunday qilib, bu kontseptsiyaga ko’ra soliq tizimini transformatsiyalash 
qisqacha quyidagi tarzda amalga oshiriladi: qo’shilgan qiymat bekor qilgan holda 
foydani soliqqa tortishni kuchaytirish, so’ng foyda solig’idan foydadan olinadigan 
qat’iy to’lovlarga o’tish va nihoyat soliqlar og’irligining markazini resurs 
soliqlariga o’tkazish. Bu narsalar, oqibat natijada, soliqlarning keskin kamayishiga 
va sanoatning qayta ishlovchi ayrim ustuvor tarmoqlarida esa ularning bekor 
qilinishiga olib kelar edi. Bularning natijasida esa sanoat mahsulotlarining bahosi 
pasayadi, raqobot bardoshlik ortadi, ta’minot bozorlari kengayadi. Shuni ta’kidlash 
joizki, soliq tizimining bu zamonaviy kontseptsiyasi ham, shubhasiz, hozirga 
nisbatan katta qiziqish uyg’otadi. Yakuniy natijalar bo’yicha chiqarilgan xulosalar 
ham o’ziga xosdir. Biroq tabiiy resurslardan renta va boshqa to’lovlar ko’rinishida 
olinadigan soliqlar baribir mahsulot bahosining tarkibiga kirishini, shu jumladan, 
sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlari uchun ham,(chunki bu tarmoq xom ashyoni 
qazib chiqaruvchi tarmoqlardan asosiy soliq to’lovchilardan) olinishini esdan 
chiqarmaslik lozim. Sanoatning qayta ishlovchi tarmog’i barcha tabiiy resurslardan 
foydalanadi. Soliq og’irligining markazini o’zgarishi natijasida ularning 
qimmatlashuvi sodir bo’ladi va bu narsa mahsulot tannarxining tarkibiga kiradi 
hamda qo’shilgan qiymat solig’ining bekor qilinganligini kompensatsiya qiladi. 
Shuning uchun ham har holda masalaga yuqoridagi tartibda yondashish har 
tomonlama hisob kitob qilishni va sodir bo’lishi mumkin bo’lgan barcha 


30 
oqibatlarni oldindan tahlil qilishni taqazo etadi. Shu o’rinda soliq tizimida sodir 
etilishi lozim bo’lgan yangiliklarning oqibatlarini oldindan aytib berishning juda 
mushkul ekanligini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Xuddi shuningdek, ularning 
iqtisodiyotga ta’siri ham kutilmagan holda bo’ladi. Buning xuddi shunday 
ekanligini qadim zomonlardan to hozirgi kungacha bo’lgan tarixning o’zi uzil kesil 
tasdiqlab turibdi. Shunday qilib soliq tizimining zamonaviy kontseptsiyalari oldida 
bir necha murakkab vazifalar turganiga qaramasdan ularning eng asosiy soliq 
tizimining qaysi yo’ldan rivojlanishini aniqlash ekanligini ta’kidlab o’tmog’imiz 
lozim. Demak, amaldagi soliq tizimini takomillashtirish, ularni O’zbekiston 
iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda jahon 
amaliyotiga yaqinlashtirish kerak. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin